Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agenligining interaktiv davlat xizmatlari

2013-yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agenligining «Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish», «Yuridik shaxslar uchun avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun litsenziya olish» interaktiv xizmati integratsiyalashgan.

2014-yil mart oyidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Jismoniy shaxslar uchun avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun litsenziya olish» interaktiv xizmati ishga tushirildi.

Bundan tashqari, 2014-yil boshidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga «Agentlik boshliqlari va mansabdor shaxslari qabuliga yozilish», «Bo‘sh ish o‘rinlari» kabi interaktiv xizmatlar integratsiya qilindi.

Shu bilan birga, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yana bir qator interaktiv davlat xizmatlarini integratsiyalash tadbirlari olib borilmoqda va texnik reglamentlar ham ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, maxsus dasturiy mahsulotlarni yozish bo‘yicha “TEXNO DARGOH” MChJ bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shartnoma asosida ushbu korxonaning mahalliy dasturchilari o‘z dasturlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, hamda ehtiyojga qarab dasturlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish ishlarini ham amalga oshirib boradilar. Bunday yaqin hamkorlik dasturchilarning Agentlik ehtiyojlarini yaqindan bilishlariga imkon berib, ular tomonidan doimiy tarzda yangi-yangi takliflar ishlab chiqilishiga asos bo‘lmoqda.

Jumladan, Agentlikning traffic.uzaart.uz/ sayti tadbirkorlar va avtotransport korxonalariga bir qator qulay xizmatlarni taqdim etadi. Saytdagi interaktiv xizmatlardan “Kalkulyator, Shaxsiy kabinet, On-line qidiruv, Avtotransport yo`nalishlari, Elektron shakllar (formalar), SMS orqali qidiruv, Litsenziatlar Reestri, Amalda bo`lmagan litsenziyalar” kabi interaktiv axborot xizmatlari mavjud. Mazkur xizmatlar bilan birga foydali ma’lumotlar sahifalari xam bor bo‘lib, unda foydalanuvchilar bir qator qulay ma’lumotlarni olishi ham mumkin.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech