Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay`ati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi "O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 118-sonli qarori asosida tashkil topgan. O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay`ati to`g`risidagi Nizom O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i — hay`at raisi tomonidan 2004-yil 9-martda tasdiqlangan.

Hay`at avtomobil va daryo transporti kelajagi va sohani rivojlantirish rejalari, Agentlik hududiy bo`limlarining soha ichida va respublikalararo aloqalariga doir faoliyatini muvofiqlashtirish, avtomobil va daryo transporti sohasida ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini belgilab olish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, me`yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bilan bog`liq muhim masalalarni ko`rib chiqadi.

Hay`at majlislarida Agentlik tizimiga kiruvchi rahbar kadrlarni joylashtirish bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay`atining shaxsiy tarkibi ayni paytda besh kishidan iborat bo`lib, u O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4 fevraldagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan:

  1. Ismailov Vaxid Validjanovich — O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i — hay`at raisi
  2. Shovahobov Shoolim Shomansurovich — O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i o`rinbosari
  3. Ulmasov Asfandiyor To'lqinovich — O'zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Avtotransport xavfsizligini ta'minlash bo'limi boshlig'i
  4. Sagatov Sunnat To`laganovich — O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot-tahlil guruhi rahbari
  5. Shodiyev Ulug'bek Rustamovich — Avtomobil va daryo transporti rivojini me`yoriy-texnik ta`minlash Respublika Markazi bosh direktori



O’zbekiston avtomobil va daryo tranporti agentligi

Hay’ati to‘g‘risida

N I Z O M

1. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Hay’ati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi haqidagi Nizomga muvofiq tashkil etiladi.

2. Hay’at 5 kishidan iborat, Agentlik boshlig‘i – Hay’at raisi, uning o‘rinbosari va Agentlik tizimidagi boshqa rahbar hodimlar tarkibida tashkil etiladi. Hay’atning shahsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

3. Hay’at avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning asosiy strategiyasi va prognozlari, o‘z tarkibiy bo‘linmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy - texnika siyosatini belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkillashtirish, avtomobil va daryo transporti sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish masalalarini muvofiqlashtiradi va boshqaradi.

4. Hay’at Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun Vazirlar Mahkamasi oldida mas’uldir. Qaror qabul qilinishida umumdavlat manfaatlari ustuvorlik qiladi.

5. Hay’at ishini yuritish uchun uning qarori bilan Agentlik markaziy apparati yoki tarkibiy tashkilotida ishlovchi hodimlardan biri Hay’at kotibi etib tayinlanadi.

6. Hay’at raisi va uning a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda, Hay’at raisi Vazirlar Mahkamasiga kelishmovchiliklar haqida ma’lumot taqdim etib o‘zining qarorini amalga oshiradi, o‘z vaqtida Hay’at a’zolari ham o‘zlarining takliflarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishga haqlidirlar.

7. Hay’at o‘z foaliyatini yillik reja bo‘yicha tashkil etadi. Ish rejasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning asosiy istiqbolli yo‘nalishlari hamda kontseptsiyalari asosida tuziladi.

8. Hay’atning yillik ish reja loyihasi Agentlik bo‘limlari, hududiy bo‘limlari, tarkibiy tashkilotlari takliflari asosida ishlab chiqiladi.

Ish rejasi loyihasi bo‘yicha asoslangan takliflar navbatdagi yil boshlanishidan 10 kun oldin Hay’at kotibiga taqdim etiladi, u o‘z vaqtida ushbu takliflarni besh kun muddatda umumlashtirib, ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Hay’at yig‘ilishiga kiritadi.

Tasdiqlangan yillik ish rejasi bir hafta muddatda Hay’at kotibi tomonidan Hay’at a’zolari, bo‘lim va tarkibiy tashkilotlar hamda Agentlik hududiy bo‘limlari boshliqlariga yetkaziladi.

Rejada belgilangan masalalar muhokamasini noma’lum muddatga qoldirish yoki ularni rejadan chiqarish Hay’at qarori bilan amalga oshiriladi.

9. Hay’at yig‘ilishlari har chorak yakunidan keyingi oyning Hay’at raisi tomonidan shu davrdagi vaziyatni inobatga olgan xolda belgilanadigan kunida o‘tkaziladi.

Yillik ish reja asosida tuzilgan va Hay’at raisi tomonidan tasdiqlangan yig‘ilish kun tartibi Hay’at kotibi tomonidan yig‘ilishdan 10 kun oldin Hay’at a’zolariga va ushbu hay’at yig‘ilishiga taklif etiluvchi rahbar hamda mas’ul hodimlar e’tiboriga yetkaziladi. Shu bilan birga, Hay’at a’zolari takliflariga binoan Hay’at raisi kun tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishi mumkin.

Hay’at yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan har bir masala bo‘yicha materiallar tayyorlanishiga mas’ul bo‘lim va tarkibiy tashkilotlar rahbarlari tomonidan yig‘ilishdan 3 kun oldin aniq ifodalab asoslangan ma’lumotnoma hamda Hay’at majlisi bayoni loyihasi Hay’at kotibiga taqdim etiladi, kotib o‘z navbatida tanishib chiqish uchun Hay’at a’zolari diqqatiga havola etadi.

Hujjatlar mas’ul ijrochi tomonidan imzolangan, barcha aloqador xizmatlar hamda Bosh yuridik maslahatchi bilan kelishilgan bo‘lishi lozim.

10. Qaror loyihasi bo‘yicha tanqidiy mulohazalar, qo‘shimchalar va takliflar Hay’at yig‘ilishi muhokamasida to‘liq yozib olinadi.

Hujjatlarning yakuniy shakli Hay’at kotibi tomonidan yig‘ilishdan so‘ng 3 kun mobaynida tayyorlanib imzolash uchun Hay’at raisiga taqdim etiladi.

Hay’at yig‘ilishlari bayonnomalar va qarorlar bilan rassmiylashtiriladi, ularning raqamlanishi yil boshidan boshlab oddiy ketma – ketlik tarzida amalga oshiriladi.

Bayonnomalar, qarorlar va ulardan ko‘chirmalar Hay’at raisi tomonidan, u ish joyida bo‘lmagan yoki xizmat safarida bo‘lgan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi tomonidan imzolanadi.

Imzolangan va rasmiylashtirilgan Hay’at majlisi bayonilaridan Hay’at kotibi zarur miqdorda nusha ko‘paytiradi hamda ularni Hay’at a’zolari, bo‘lim va hududiy bo‘limlar, tarkibiy tashkilotlarga yuboradi.

Nizom (doc. 25.1 kb)



Agentlik Hay’atining

18.01.2017yildagi 2-son majlis bayoniga

2 - ilova

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

Hay’atining 2017-yil

ISh REJASI

T/r

Ko‘riladigan masala

Muddati

Mas’ul

1.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining ish yakunlari to‘g‘risida

Har chorak yakunlari bo‘yicha.

Boshliq o‘rinbosari, Hay’at kotibi, Axborot-tahlil guruhi, bo‘lim boshliqlari.

2.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 12-son qarorining ijro etilishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

Har chorak yakunlari

bo‘yicha.

Boshliq o‘rinbosari, Hay’at kotibi, Apparat rahbari.

3.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va uning xududiy bo‘limlarida O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

Har chorak yakunlari

bo‘yicha.

Boshliq o‘rinbosari, Hay’at kotibi, Apparat rahbari.

4.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy bo‘limlarida O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat va o‘z qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan maqsadli o‘rganishlar natijalari to‘g‘risida.

Har chorak yakunlari

bo‘yicha, tasdiqlangan jadval asosida.

Boshliq o‘rinbosari, Litsenziyalash, xarakat havfsizligini nazorat qilish va tashkil etish bo‘limi tegishli bo‘lim va xizmatlar rahbarlari.

5.

2017-yilni «Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan belgilangan tadbirlarni bajarilishining borishi to‘g‘risida.

Har chorak yakunlari bo‘yicha

Boshliq o‘rinbosari, Kadrlar bo‘yicha mutaxassis.

6.

2018-yilda Agentlik ishini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida.

Dekabr

Boshliq o‘rinbosari, Hay’at kotibi, Axborot-tahlil guruhi, bo‘lim boshliqlari.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech