Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2012-yil “19”sentabr dagi
175-sonli buyrug’iga
1-ILOVA


O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining ekspert komissiyasi tomonidan
avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro
yo’nalishlarda tashishni amalga oshirish uchun litsenziya berishga oid
hujjatlarni ko’rib chiqish bo‘yicha faoliyati to‘g’risidagi
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli «Avtomobil transportida yo’lovchilarni va yuklarni shaharda, shaxar atrofida, shaxarlararo va xalqaro yo’nalishlar bo‘yicha tekshirish faoliyatini litsenziyalash tug‘risadagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori asosida avtomobil trsanportida yo‘lovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda tashishni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya berishga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish maqsadida, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda- Komissiya) tashkil qilinmoqda.

2. Komissiya muhokama etuvchi organ hisoblanadi. Uning qarorlari ekspert komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

3. Komissiya Agentlik boshlig’i buyrug’i bilan tasdiqdanib, Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari rahbarligi ostida asosiy tarkibiy bo‘linmalar va uning qaramogidagi korxonalardagi malakali mutaxassislar orasidan tayinlanadi.

4. O’z faoliyatida Komissiya Uzbekiston Respublikasining «Avtomobil transporti to‘grisida» va «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunlar, O’zbekisgon Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Agentlik qoidalari, yo‘riqnomalari va ko‘rgazmalariga hamda ushbu nizomga amal qiladi.

II. Ekspert komissiyasini vazifalari va funksiyalari

5. Komissiyaning asosiy vazifasi litsenziyaga davogarlar va yoki litsenziatlar tomonidan avtomobil transportida yo'lovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda tashishni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya olish uchun taqdim qilingan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish hisoblanadi.

Ushbu vazifani bajarish uchun ekspert komissiyasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

litsenziyaga davogarlar va yoki litsenziyatlar tomonidan avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro yo’nalinshlarda tashishni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya olish uchun taqdim qilingan hujjatlarni ko'rib chiqadi va Agentlik rahbariyatiga litsenziya berish yoxud litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi takliflarini beradi.

III. Ekspert komissiyasining huquq va majburiyatlari

6. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:

davlat boshqaruvi va xo‘jalik yurituvchi organlardan zimmasiga yuklatilgan vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rash va olish;

o‘z yigilishlarida Agentlik tarkibiy bo‘linmasining avtomobil transportida yo’lovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda tashishni amalga oshirish ishlarini litsenziyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’grisidagi ma’lumotlarni muhokama shish;

berilgan talablarga muvofiq, Agentlikning hududiy va tarkibiy bo‘linmalariga yetkazish, avtomobil va daryo transportida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ishlarni nazorat qilish va tashkil etish masalalari yuzasidan tavsiyalar berish;

o’z yigilishlariga maslahatchi va ekspert sifatida Agentlik tarkibiy bo‘linmalari mutaxasislarini taklif qilish;

Agentlik rahbariyatiga hududiy bo’linmalarining litsenziyalash tartibini takomillashtirish, litsenziyalovchi organlar tomonidan avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha faolyatini litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilishni ustidan nazorat qilish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishga oid takliflarni kiritish.

7. Komissiyaning majburyatlari quyidagicha:

Vaqti vaqti bilan: - avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashni tashkil etish ishlariga xulosa yasash;

litsenziyalash bo‘yicha ishlarning tashkil etilishi yuzasidan arizalar va shikoyatlarning o’z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash.

IV. Ekspert komissiyasi faoliyatining reglamenti

8. Komissiya yigilishi zaruratga ko‘ra, odatda ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Komissiyaning yig'ilishi unda a’zolarining 50 foizi ishtrok etgan taqdirda vakolatli deb hisoblanadi.


Komissiya ishini yuritish va hujjatlarni saqlash Komissiyaning kotibiga yuklatiladi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech