Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

attestatsiya komissiyasining

REGLAMENTI

1. Mazkur Reglament O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2006-yil 6-sentabrda 1626-raqam (keyinchalik kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar) bilan ro‘yxatga olingan “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi nizom”ga (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) muvofiq ishlab chiqilgan.

Mazkur Reglament attestatsiyadan o‘tishni rejalashtirayotgan manfaatdor shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.

I.Attestatsiya komissiyasi

yig‘ilishini tayyorlash va o‘tkazish

2. Attestatsiya komissiyasining yig‘ilishi har xaftaning payshanba kuni o‘tkaziladi.

Attestatsiya komissiyasining yig‘ilishlarida attestatsiya komissiyasining raisi (uning yo‘qligida – rais o‘rinbosari) raislik qiladi.

3. Attestatsiya komissiyasining yig‘ilishlarida attestatsiyadan o‘tishni, qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiya varag‘ini qayta rasmiylashtirishni xohlovchi, yoki o‘rindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga joylashayotgan shaxslarning arizalari ko‘rib chiqiladi.

4. Attestatsiya komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha tayyorgarlik ishlari (o‘rnatilgan nomenklaturaga asosan da’vogarlarning arizalarini qabul qilish, hujjatlarni oldindan tahlil qilish, keyingi yig‘ilishga attestatsiyalanadigan shaxslarning ro‘yxatini tayyorlash va hokazo) attestatsiya komissiyasining kotibi tomonidan amalga oshiriladi.

5. Taqdim etilgan hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilmagan taqdirda yoki ular to‘liq xajmda taqdim etilmaganda, hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda Komissiya yuridik shaxs xodimi va xususiy tadbirkorni attestatsiyaga qo‘yishga, qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiya varag‘ini qayta rasmiylashtirishga, yoki o‘rindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga joylashayotgan shaxslarni attestatsiyaga kiritilishini rad etishga haqli.

II.Attestatsiya o‘tkazish,

Natijalarni rasmiylashtirish

6. Attestatsiya Nizomining II1 bo‘limiga muvofiq o‘tkaziladi.

7. Attestatsiyani test sinovi yo‘li bilan, hamda og‘zaki suhbat o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkazishda attestatsiyalanuvchi shaxsga 15 ta savol taklif etiladi.

Attestatsiya natijalariga ko‘ra Komissiya quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

14 ta yoki 15 ta savolga ijobiy javob berilganda – malakaviy talablarga javob beradi;

15 ta savoldan 12 ta yoki 13 tasiga ijobiy javob berilganda – komissiya tavsiyalarini bajarish va 6 oydan keyin attestatsiyani qayta o‘tkazish sharti bilan malaka talablariga javob beradi;

Boshqa hollarda Komissiya attestatsiyalanayotgan shaxs malaka talablariga javob bermaydi degan qaror qabul qiladi.

8. Attestatsiya varaqalarini qayta rasmiylashtirish, boshqa tashkilotga o‘rindoshlik asosida ishga joylashayotgan shaxslarga attestatsiya varaqalarini imzolash, ariza qabul qilingan kundan keyin besh ish kuni davomida amalga oshiriladi.

Yo‘lovchi va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlarini va yuklarni avtomobil trannsportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining attestatsiya komissiyasi Agentlikning 2015 yil 21 iyul kuni 185 – sonli buyrug‘i bilan quyidagi tarkibda tasdiqlangan

Sh.Sh.Shovahobov –

Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari – komissiya raisi

G.S.Magay –

Meyoriy hujjatlani ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i – komissiya raisi o‘rinbosari

A.T.Ulmasov –

Avtotransport xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i – komissiya raisi o‘rinbosari

S.Sh.Said-Jalolov –

Litsenziyalash, harakat xavfsizligini nazorat qilish va tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

A.S.Nazarov –

Kadrlar bo‘yicha mutaxassis

X.S.Ikramov –

Toshkent shahar bo‘limi bosh mutaxassisi – komissiya kotibi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech