Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

IQTISODIYOT TARMOQLARI VA AHOLINING TASHUVLARGA BO`LGAN EHTIYOJLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA AVTOMOBIL TRANSPORTINI RIVOJLANTIRISH, TRANSPORT XIZMATLARI BOZORIDA BOZOR MUNOSABATLARINI VA RAQOBAT MUHITINI RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY SHART-SHAROITLARNI TA`MINLASH TO`G`RISIDAGI TAHLILIY MA`LUMOTLAR


Keyingi yillarda avtomobil transporti sohasida olib borilayotgan institutsional va huquqiy islohotlarning maqsadi - bu transport xizmatlarini ko‘rsatish huquqi ustidan adolatli raqobatga asoslangan avtomobil transporti faoliyatini yaxshilash, ushbu sektorga turli mulkiy shakldagi tashuvchilarni jalb etishdir.

Respublikada bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida nodavlat sektorning yo‘lovchilar va yuklarni tashishdagi ulushi yil sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda yo‘lovchilarga avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishdagi ulushining deyarli 100 foizi va yuk tashishdagi ulushining 90 foizi ushbu nodavlat sektor tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Islohotlar samaradorligini esa avtomobil transporti faoliyatining quyidagi ko‘rsatkichlariga qarab baholash mumkin.

2018-yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan respublikaning barcha avtomobil transporti vositalari bilan jami 790.0 mln. tonna yuk va 4 mlrd. 312 mln. yo‘lovchi tashilib, ushbu ko‘rsatkich 2017-yilning shu davriga nisbatan tegishli ravishda 105.3 va 102.4 foizni tashkil etdi.

Yuk aylanmasi 10 mlrd. 216 mln. tonna km.ni (2017-yilga nisbatan 103.3 foiz), yo‘lovchilar aylanmasi esa 91 mlrd. 265 mln. yo‘lovchi km.ni (2017-yilga nisbatan 102.7 foiz) tashkil qildi.

Agarda avtomobil transporti faoliyatining oxirgi o‘n yil (2008-2018-yillar) davomidagi asosiy ko‘rsatkichlarini qiyoslasak, unda 2018-yilning 9 oyida tashilgan yo‘lovchilar soni 2008-yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,16 barobarga va yuk tashish hajmi 1,32 barobarga o‘sgan. 

Yuk tashish jarayonini takomillashtirish yuzasidan aniq tadbirlar ko‘rilganligi natijasida, avtotransport vositalari bilan respublikada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashishda, qurilish va obodonlashtirish hamda neft-gaz kompleksi qurilishi ishlarida yuklarini tashish hajmlari o‘smoqda.

2018-yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, barcha turdagi (temir yo‘l, havo, quvur va elektr) transportlarda amalga oshirilagan tashuvlar hajmlari ichidagi avtomobil trasportining ulushi, yo‘lovchi tashishda 98.4 foizga va yo‘lovchi aylanmasining 90.0 foiziga to‘g‘ri keladi. Tashilgan yuk hajmi va yuk aylanmasi bo‘yicha avtomobil transportining solishtirma ulushi esa tegishli ravishda 88.3 va 19.5 foizga teng.

O’zbekiston Respublikasida 2013 — 2018-yil III choragida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish hajmi dinamikasi 1-jadval (PDF. 199kb)da;

O’zbekiston Respublikasida 2013 — 2018-yil III choragida avtomobil transportida yo‘lovchi aylanmasi hajmi dinamikasi 2-jadval(PDF, 227kb)da;

O’zbekiston Respublikasida 2012 — 2018-yil III choragida avtomobil transportida yuk tashish hajmi dinamikasi 3-jadval(PDF, 245kb)da;

O’zbekiston Respublikasida 2013 — 2018-yil III choragida avtomobil transportida yuk aylanmasi hajmi dinamikasi 4-jadval(PDF, 248kb)da keltirilgan.

Mamlakatimizda asosan O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan (“Dji Em O’zbekiston” QK, “Samavto” MChJ, “JV MAN Auto – Uzbekistan” MChJ QK zavodlari) hamda Rossiya, Belarus va uzoq xorij mamlakatlari (Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy) zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar ishlatilmoqda. Ayniqsa keyingi paytda tashuvchilar o‘z transport vositalari parkini yangi va zamonaviy ulovlar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. Xususan, Samarqand avtomobil zavodida zamonaviy avtobuslar hamda katta va kichik hajmli yuk avtomobillari ishlab chiqarilayotgani tashuvchilarga juda qo‘l kelmoqda.

2000-yilda respublika bo‘yicha 2032 ta yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2018-yilning 1-oktyabr holatiga yo‘nalishlar soni 2363 taga oshib, 4395 tani tashkil etdi. 

Avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobat muxitini shakillantirish va barcha tashuvchilarga teng sharoit yaratib berish bo‘yicha viloyat va shahar hokimiyatlaridagi Komissiyalar hamda Agentlik qoshidagi Idoralararo Komissiya tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq tender tanlovlari orqali joylashtirilmoqda.

2018 yil 9 oylik ish yakuni bilan respublika bo‘yicha jami 63 ta ochiq tender o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 639 yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlar joylashtirilgan. Shundan 63 ta shahar ichidagi yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 12 ta tender, 499 ta shahar atrofi va 55 ta shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 48 ta tender, 22 shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 3 tender o‘tkazilgan. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

2018-yilning 1-oktabr holatiga O’zbekiston Respublikasida avtotransportda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tizimining rivojlanishi jadval(.exel, 56.5kb)da aks etgan.

Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan "ISUZU" rusumli va yumshoq o‘rindiqli avtobuslarini sotib olish va yo‘nalishlarga biriktirish ishlari davom ettirilmoqda.

2018-yilning 9 oyi mobaynida respublika bo‘yicha jami 94 ta (shundan 78 tasi “Isuzu” rusumli hamda 16 tasi “Yutong” va “Golden Dragon” rusumli avtobuslar xarid qilindi va yo‘nalishlarga joylashtirildi.

Avtotransport xizmatlari va servisni rivojlanishtirishining prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, aholiga, xususan qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatlari va servis darajasi va sifatini oshirish doirasida yo‘nalishli transport tarmog‘i rivojlanmoqda, hisobot davrida ko‘zda tutilgan 60 ta yo‘nalish o‘rniga 76 ta (shundan 9 tasi xalqaro avtobus yo‘nalishlari) yo‘nalishlarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, korxona yoki tadbirkorlar tomonidan yil davomida avtovokzal va avtostantsiyalarni rekonstruktsiya qilish, qurish va jixozlash uchun kiritilgan investitsiyalar miqdori 12.3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2018-yilning 9 oyi davomida Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga 2919 ta litsenziya va 158883 ta litsenziya varaqalari berildi.

2018-yilning 1-oktyabr holatiga litsenziyalangan avtomobillar soni 118992 tani tashkil etdi.

Agar, avtotransport sohasida litsenziyalashdan 2017-yilning 9 oyi yakuni bilan  46.8 mlrd. so‘mlik  davlat boji undirilgan bo‘lsa, 2018-yilning shu davri mobaynida 60.6 mlrd. so‘mlik davlat boji undirildi, o‘sish qariyib 29.5 foizni tashkil etdi. 

Hisobot davrida hududiy boshqarmalar tomonidan litsenziya talab va shartlarini buzganligi uchun 107 ta korxonalarga tegishli 129 ta litsenziyaning amal qilish muddati 10 ish kuniga to‘xtatilgan.

Shu bilan birga, sud qarorlariga asosan 29 ta tashkilotning 54 ta litsenziyasi 10 ish kundan ortiq muddatga to‘xtatilgan.

Me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirish va institutsional o‘zgarishlar bo‘yicha Agentlik tomonidan 14 ta normativ – huquqiy hamda 8 ta normativ hujjat ishlab chiqilib, amalga joriy etilgan.

Shuningdek, 7 ta normativ – huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, shundan 1 tasi o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan va 6 tasi tegishli vazirlik va idoralarga kelishish uchun taqdim etilgan.

Bundan tashqari, vazirlik va davlat idoralari tomonidan ishlab chiqilgan 46 ta me’yoriy – huquqiy hujjatlar loyihalari ekspertiza qilinib, tegishli xulosalar berilgan.

Agentlikning “Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti” DKda avtomobil transportida tashishni tashkil etish va boshqaruvchi rahbar xodimlarining 897 nafari, yo‘l harakat xavfsizligiga javobgar mas’ul shaxslarining 28 nafari, Agentlik hududiy boshqarmalarining avtotransport tashish faoliyatini nazorat qiluvchi inspektorlarning 359 nafari, avtotransportda tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor haydovchilarning 174 nafari, avtotransportda xalqaro tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarning 1220 nafari hamda yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi 30 soatlik dasturi bo‘yicha 3962 nafar haydovchilar, jami 6640 nafar tinglovchilar o‘z malakalarini oshirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech