Rahbar:
boshliq
RUZMETOV RUSLAN XAITBAYEVICH
E-mail:
khorazmdep@uzaart.uz
Manzil:
220100, Urganch shahri, Al Xorazmiy ko'chasi, 30-uy, 19-,7-avtobuslar. Mo'ljal: Moliya boshqarmasi.
ISHONCH TELEFONI: (+998 622) 25-58-56
Telefon:
(+998 622) 25-57-93
Ruzmetov Ruslan Xaitbayevich
1983-yilda Xorazm viloyati, Urganch shahrida tug`ilgan.
Millati — o’zbek.
Ma`lumoti — oliy. 2004-yilda Urganch Davlat universiteti (kunduzgi), 2008-yilda Urganch Davlat universiteti (sirrtqi), 2001-yilda Toshkent avtomobil va yo’llar instituti, 2015-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasini tamomlagan.
Mutaxassisligi — transport vositalaridan foydalanish (avtomovil transporti), iqtisodiyot (makroiqtisodiyot).
2000-yildan 2004-yilgacha Urganch Davlat universiteti talabasi.
2004-yildan 2006-yilgacha Xorazm viloyati ko’priklarni ta’mirlash-foydalanish korxonasi mexanigi lavozimida ishlagan..
2006-yildan 2010-yilgacha O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo‘limi yetakchi eksperti, sektor mudiri lavozimlarida ishlagan.
2010-yildan 2012-yilgacha “SOS - O’zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining Xorazm filiali direktor assistenti lavozimida ishlagan.
2012-yildan 2016-yilgacha Xorazm trolleybus boshqarmasi direktori lavozimida ishlagan.
2016-yildan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Xorazm viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
R. Ruzmetov oilali, 2 nafar qiz va 1 nafar o’g’ilning otasi.