Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Rahbar:

boshliq
ERBEKOV OYBEK ISMOILOVICH

E-mail:

sirdaryodep@uzaart.uz

Manzil:

120100, Guliston shahri, Navoiy shox ko'chasi, 64-uy, 1-avtobusning "Istirohat bog'i" bekati.

ISHONCH TELEFONI:     (+998 672) 25-24-26

Telefon:

(+998 672) 25-15-84

ERBEKOV OYBEK ISMOILOVICH

1973-yilda Jizzax viloyati, Yangiobod tumanida tug`ilgan.

Millati — o`zbek.

Ma`lumoti — oliy. 1995-yilda Toshkent avtomobil yo’llar institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi — Avtomobil va avtomobil xo’jaligi.

1996-yildan 1997-yilgacha Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi bo’lib ishlagan.

1998-yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 2535-avtojamlanmaning avtochilangari lavozimida ishlagan.

1998-yildan 2001-yilgacha «Sirdaryotrans» davlat aksionerlik birlashmasi yo‘lovchilar tashish bo‘limi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2001-yildan 2013-yilgacha O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Sirdaryo hududiy bo‘limi yetakchi eksperti, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, tenderlar o‘tqazish, litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish va tashishlar xavfsizligini tashkil qilish sektori mudiri, boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.

2013-yildan 2015-yilgacha O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Sirdaryo hududiy bo‘limi tenderlar o‘tqazish, litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish va tashishlar xavfsizligini tashkil qilish sektori mudiri lavozimida ishlagan.

2015-yildan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Sirdaryo hududiy bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan.

O. Erbekov oilali, 4 nafar qizning otasi.

Файл
Faylni yuklamoq
Размер: 7.04 MB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech