Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Quyidagilar yo`lovchilar va yuklarni tashish bilan shug`ullanayotgan yuridik shaxs xodimlarining, shuningdek yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug`ullanayotgan xususiy tadbirkorlarning malakasi muvofiq kelishini tasdiqlaydi:
  • Yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo`linmasi (xizmati) rahbari va tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo`lgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo`linmasi (xizmati) rahbarining o`rinbosari uchun

  • Avtomobil sohasi ixtisosligi bo`yicha oliy ma`lumot to`g`risida diplom, besh yildan kam bo`lmagan ish staji va malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida attestatsiyasidan o`tganlik to`g`risida ijobiy xulosaning mavjudligi.

  • Tashishlar xavfsizligini ta`minlash masalalari bo`yicha mutaxassis uchun

  • Avtomobil yoki texnika sohasi ixtisosligi bo`yicha oliy ma`lumot to`g`risida diplomning va tashishlar xavfsizligini ta`minlash bo`yicha malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida Agentlikda attestatsiyadan o`tganlik to`g`risida ijobiy xulosaning mavjudligi.

  • Yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug`ullanayotgan xususiy tadbirkor uchun

  • Agentlikda va/yoki Agentlikning hududiy bo`linmalarida tashishlar xavfsizligini ta`minlash bo`yicha malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida attestatsiyadan o`tganlik to`g`risida ijobiy xulosa.

  • Haydovchilar uchun

  • Tegishli toifadagi avtotransport vositasini boshqarishga belgilangan namunadagi guvohnoma bilan tasdiqlangan huquqning mavjudligi. 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech