Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Malaka oshirish namunaviy o’quv rejalari va dasturlari

Hozirgi paytda yuridik shaxslarning rahbarlari, harakat xavfsizligi muhandislari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va avtomobil transportida halqaro tashishlarni amalga oshiradigan haydovchilarning malakasini oshirish bilan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qoshida tashkil etilgan "Avtodaryotrans-Ilm" kasb malakasini oshirish Davlat ilmiy-metodik markazi (bundan keyin Markaz) shug`ullanadi.

Markaz avtomobil transportida tashishlar bilan bog’liq yuridik va jismoniy shaxslarni malakasini oshirish uchun quyidagi namunaviy o`quv rejalari ishlab chiqilgan:

  • Avtomobil transportida yuk va yo’lovchilar tashish bilan shug’ullanayotgan yuridik shaxslarning rahbarlari va mas’ul xodimlarini malakasini oshirish bo’yicha namunaviy o’quv reja – 72 soat;

  • Avtomobil transportida yuk va yo’lovchilar tashish bilan shug’ullanayotgan yo’l harakati xavfsizligi bo’yicha korxonalar (tashkilotlar)ning mas’ul mutaxassislarini malakasini oshirish bo’yicha namunaviy o’quv reja – 72 soat;

  • Avtomobil transporti haydovchilarini xalqaro avtomobil tashishlar bo’yicha malakasini oshirish bo’yicha namunaviy o’quv reja – 40 soat;
  • Yuk tashish bilan shug’ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkor haydovchilarning malakasini oshirish bo’yicha namunaviy o’quv reja – 40 soat.

Markazda avtomobil transportida tashishlar bilan bog’liq yuridik va jismoniy shaxslarni malakasini oshirish uchun quyidagi namunaviy o’quv dasturlari ishlab chiqilgan:

· Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish

· Rahbar psixologiyasi va etikasi. Xodimlarni boshqarish

· Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar

· Avtotransport iqtisodini rivojlantirishning dolzarb masalalari

· Avtomobil transportida tashishni tashkil etish va boshqarish

· Yo’l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari

· Avtomobil tuzilishi va unga texnik xizmat ko’rsatish

· Istiqbolli avtomobillar konstruksiyalari

· Avtomobil transporti sohasiga ta’luqli meyoriy hujjatlar

· Haydovchi psixologiyasi va etikasi

· Halqaro tashishlar va halqaro tashishlarni belgilovchi bitimlar

· Avtotransportda tashish va tashishlarni belgilovchi meyoriy hujjatlar

Ushbu o`quv reja va dasturlar bo’yicha malaka oshirish yuzasidan quyidagi manzil va telefonlarga murojaat qilish mumkin:


Manzil: 100000, Toshkent shahri, M.Ulug'bek tumani, Mustaqillik ko`chasi, 107-uy.

Telefon: 0 (371) 267-63-15, 267-63-32.

Mas’ul shaxslar: Mavlyanerdiyeva Lola Mahmudovna, Mamadaliyev Haydarali

Markaz rekvizitlari:

“TURKISTONBANK” Yunusubod tuman filiali

H/R: 20 210 000 004 159 397 001

MFO: 00898, INN: 203783260

OKONX: 92200
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech