Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"V" toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash dasturi:

Dastur 266 soatdan iborat bo`lib, uning 222 soatini nazariy, 44 soatini amaliy darslar tashkil etadi. Dastur quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:

"V" toifadagi avtomobillarning tuzilishi va ularga texnik xizmat ko`rsatish,
yo`l harakati qoidalari,
avtomobilni boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari,
birinchi tibbiy yordam,
avtomobilni boshqarish 32 soat, undan 2 soati avtotrenajyorda olib boriladi.

Dasturni o`qib bo`lganlar YHXDX RIBda malakaviy imtihon topshiradilar.

"VS" toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash dasturi:

Dastur 500 soatdan iborat bo`lib, uning 372 soatini nazariy, 96 soatini tajriba-amaliy, 32 soatini amaliy darslar tashkil etadi. Dastur quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:

avtomobilning tuzilishi,
avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish, tashuvlarni tashkil etish va mehnat muhofazasi,
yo`l harakati qoidalari,
avtomobilni boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari,
birinchi tibbiy yordam,
"V" va "S" toifadagi avtomobillarni boshqarish jami 50 soat.

Dasturni o`qib bo`lganlar YHXDX RIBda malakaviy imtihon topshiradilar.

"D" toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash dasturi:

Dastur 630 soatdan iborat bo`lib, uning 450 soatini nazariy, 124 soatini tajriba-amaliy, 56 soatini amaliy darslar tashkil etadi. Dastur quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:

avtobuslarning tuzilishi va ularga texnik xizmat ko`rsatish,
yo`lovchilar tashuvlarini tashkil etish va mehnat muhofazasi,
yo`l harakati qoidalari,
avtobusni boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari,
birinchi tibbiy yordam,
avtomobilni boshqarish 115 soat.

Dasturni o`qib bo`lganlar YHXDX RIBda malakaviy imtihon topshiradilar.

Trolleybus haydovchilarini tayyorlash dasturi;

Dastur 1050 soatdan iborat bo`lib, uning 450 soatini nazariy, 90 soatini tajriba-amaliy, 287 soatini amaliy darslar tashkil etadi. Dastur quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:

trolleybuslarning tuzilishi va ularga texnik xizmat ko`rsatish,
yo`lovchilar tashuvlarini tashkil etish va mehnat muhofazasi,
yo`l harakati qoidalari,
trolleybusni boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari,
birinchi tibbiy yordam,
trolleybusni boshqarish 248 soat.

Dasturni o`qib bo`lganlar YHXDX RIBda malakaviy imtihon topshiradilar.

Tramvay haydovchilarini tayyorlash dasturi;

Dastur 875 soatdan iborat bo`lib, uning 502 soatini nazariy, 168 soatini tajriba-amaliy, 205 soatini amaliy darslar tashkil etadi. Dastur quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:

tramvaylarning tuzilishi va ularga texnik xizmat ko`rsatish,
yo`lovchilar tashuvlarini tashkil etish va mehnat muhofazasi,
yo`l harakati qoidalari,
tramvayni boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari,
birinchi tibbiy yordam,
tramvayni boshqarish 56 soat.

Dasturni o`qib bo`lganlar YHXDX RIBda malakaviy imtihon topshiradilar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech