Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"V", "V, D" va "D" toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini "S" toifasi uchun qayta tayyorlash dasturi:

Dastur 124 soatdan iborat bo`lib, uning 102 soatini nazariy, 22 soatini amaliy darslar tashkil etadi. Dastur quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:

yo`l harakati qoidalari,
avtomobilni boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari,
avtomobilni boshqarish 14 soat.

Dasturni o`qib bo`lganlar YHXDX RIBda malakaviy imtihon topshiradilar.

"S" yoki "VS" va "D" yoki "V,S,D" toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini "E" toifasi uchun qayta tayyorlash dasturi:

Dastur 160 soatdan iborat bo`lib, uning 148 soatini nazariy, 12 soatini amaliy darslar tashkil etadi. Dastur quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi:

avtopoyezdlarning tuzilishi va ularga texnik xizmat ko`rsatish,
avtopoyezdlarni boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari,
avtotransport tashuvlarini boshqarish asoslari,
yo`l harakati qoidalari,
avtomobilni boshqarish 10 soat.

Dasturni o`qib bo`lganlar YHXDX RIBda malakaviy imtihon topshiradilar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech