Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Avtotransport faoliyati uchun litsenziya olish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 994-sonli qarori bilan tasdiqlangan " gi qarori, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida"gi Qonuni 14-moddasida belgilab berilgan.

Litsenziya bilan birga har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi beriladi.

Har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq bo`lmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlarning yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan kam bo`lsa, litsenziya kartochkasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. litsenziya kartochkasining amal qilishi litsenziya kartochkasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Litsenziya talablari va shartlari

Quyidagilar avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yo’l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;

b) shtatda yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan, tegishli lavozimni egallash huquqi uchun Agentlik tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tgan mansabdor shaxslarning mavjud bo’lishi;

v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkasi mavjud bo’lishi;

g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko’rikdan o’tganligini va texnik jixatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud bo’lishi;

d) avtomobil transportida yuk tashuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning va yuridik shaxs xodimlarining avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishda qo’yiladigan malaka talablariga muvofiqligi;

e) qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;

j) tenderlar natijalari bo‘yicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida yo‘lovchilarni yo‘lovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yo‘lovchilarning belgilangan toifalarini tekin va imtiyozli tarzda tashishni ta’minlagan, qoida buzish, antisanitariya xolatlariga xizmat ko’rsatish sifatining past bo’lishiga yo’l qo’ymagan holda avtomobilda muntazam tashish (yo‘nalishli taksilardan tashqari);

z) tashish va yong’in xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jixatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik ko’rikdan o’tkazish, texnika xavfsizligini ta’minlash, avtotransport vositalarini yo’lga chiqishdan oldin texnik ko’rikdan o’tkazish va haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish;

i) yangidan olinayotgan va to’ldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qo’shimcha litsenziya kartochkalarining o’z vaqtida olinishi;

k) shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamg’asi qo’yilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud bo’lishi.

l) yo‘nalishsiz taksilarning texnik holati va asbob uskunalarining yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi ko’rinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jixozlashga qo’yiladigan talablarga muvofiqligi.

Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab o’tilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.


Litsenziya olish uchun taqdim etilishi lozim bo`lgan hujjatlar:

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportiga oid ma’lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko’rsatilgan holda litsenziya berish to‘grisidagi ariza;

b) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko’rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ihtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko’rik va texnik ko’rikdan o’tish imkoniyati berilishi to‘grisidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;

v) litsenziya talabgori tomonidan ariza ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo’l qo’yilmaydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech