Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Avtomobilda tashuvlarni litsenziyalash Oliy Majlis tomonidan 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining "Avtomobil transporti to`g`risida"gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 iyundagi "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 236-sonli qarorida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Tijorat asosida amalga oshiriladigan yo`lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak. Tashkiliy-huquqiy va mulkiy shaklidan qat`iy nazar barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan amalga oshiriladigan, O`zbekiston Respublikasining maxsus qonunchilik hujjatlarida ko`zda tutilgan tashuvlardan tashqari barcha avtomobil` transporti faoliyati turlari litsenziyalanadi.

O`zbekiston avtomobil transporti agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari avtotransport faoliyati ko`rsatish uchun litsenziya beruvchi vakolatli organlar hisoblanadi.

O`zbekiston avtomobil transporti agentligi xalqaro tashuvlarga litsenziya beradi.

Agentlikning hududiy boshqarmalari shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashuvlariga litsenziya beradi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech