Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Tojikistonga ruxsatnoma blankalarini olish haqida

29.08.2018 14:19:14
O’zbekiston avtomobil transporti agentligi xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiruvchi milliy tashuvchilarga Tojikiston Respublikasi hududida xalqaro tashishlarni amalga oshirish uchun ikki tomonlama, tranzit va 3-chi davlatdan/ga yuk tashish huquqini beruvchi ruxsatnoma blankalari mavjudligini ma’lum qiladi.

Hurmatli tashuvchilar!

08.06.2018 15:35:31
Eron Islom Respublikasiga yuk tashuvchi korxonalar diqqatiga

Elektron ma’lumotlarni oldindan yuborish haqida

02.05.2018 17:17:00 Qozog‘iston Respublikasi bojxona xizmati organlariga elektron ma’lumotlarni oldindan yuborish kerakligi to‘g‘risida.

Yo‘l to‘lovlari undirilishi bo‘yicha

10.04.2018 16:09:48
Avtotransport vositalaridan yo‘l to‘lovlari undirilishi bo‘yicha «DarsGO» elektron tizimi ishga tushiriladi

Yuk avtotransporti vositalari parkini yangilash borasida

24.03.2018 17:51:05
2018-2021-yillarda avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarning katta hajmli yuk avtotransporti vositalari parkini yangilash

Maxsus transport ruxsatnomasini olish zururligi haqida xabar qiladi.

16.03.2018 17:44:52
Moldova avtomobil transporti milliy agentligi maxsus transport ruxsatnomasini olish zururligi haqida xabar qiladi.

Avtomobilda xalqaro yo‘nalishlarda tashuvni amalga oshirishda ishtirok etadigan korxona rahbarlari va haydovchilar diqqatiga!

16.12.2016 18:52:28
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi 340-son “Avtomobilda xalqaro tashuvni amalga oshiradigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish” to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq O’zbekiston Avtomobil va daryo transporti Agentligi O’zbekiston Respublikasining avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi to‘g‘risidagi Yevropa bitimi (YeSTR) talabilarini bajaradigan vakolatli organ etib belgilangan.

Hurmatli tashuvchilar!

14.09.2016 11:37:44
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi 2017-yilda avtomobilda xalqaro yuk tashishlarini amalga oshirish uchun horijiy ruxsatnomalarga umumiy yillik ehtiyojni aniqlash maqsadida talabnomalarni qabul qilish boshlanganligi haqida ma’lum qiladi.

Rossiya Transport vazirligining “Ikkitomonlama va tranzit halqaro avtomobilda tashuvlarni ruhsatnomasiz amalga oshirish shartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi bo‘yrug‘i kuchga kirganligi haqida

26.11.2015 09:37:12
Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligining ma’lumotiga ko‘ra Rossiya Transport vazirligining 2015 yil 19 avgustdagi “Ikkitomonlama va tranzit xalqaro avtomobilda tashuvlarni ruhsatnomasiz amalga oshirish shartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 249-sonli buyrug‘i 2015-yil 9-noyabrdan kuchga kirdi (2015-yil 27-oktabrda 39477-son bilan Rossiya Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi).

Xalqaro tashuvchilar uchun raqamli moslama

12.08.2015 10:13:31
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi “Xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi avtotransport vositalari uchun raqamli nazorat moslamalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 340-sonli Qarori bilan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlari faoliyatiga doir Yevropa bitimida (YeSTR) O’zbekiston ishtirokidagi barcha majburiyatlarni bajaruvchi O’zbekiston Respublikasining vakolatli organi sifatida belgilangan.

Rossiya Federal bojxona xizmatining ma`lum qilishicha, 2012-yilning 17-iyunidan Bojxona ittifoqi hududiga avtomobil transportida olib kirilayotgan tovarlar to‘g‘risida oldindan majburiy dastlabki ma’lumot taqdim etish tartibi joriy etilgani to`g`risida.

11.07.2012 11:35:36 Rossiya Federal bojxona xizmatining ma`lum qilishicha, 2012-yilning 17-iyunidan Bojxona ittifoqi hududiga avtomobil transportida olib kirilayotgan tovarlar to‘g‘risida oldindan majburiy dastlabki ma’lumot taqdim etish tartibi joriy etilgan.

Tashuvchilardan mamlakatga olib kirilayotgan tovarlar to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘ralishi to`g`risida

29.01.2013 11:34:37 2013-yil 29-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi №PQ-1913-son Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra “2013-yil 1-apreldan boshlab O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan yoki tranzitini amalga oshirayotgan yuk tashuvchilar chegarani kesib o‘tgan joyidagi bojxona organlariga tashilayotgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotni, shu jumladan, ularning nomi, miqdori, vazni va yuklar qiymati, shuningdek Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga muvofiq ularning kodlari haqidagi ma’lumotni taqdim etishlari shartligi belgilab qo‘yildi.

Мamlakatga olib kirilayotgan tovarlar to‘g‘risida taqdim etiladigan ma’lumotnomalar ro`yxati tasdiqlangani to`g`risida

29.01.2013 11:34:07 Avval xabar qilganimizdek, 2013-yil 29-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi №PQ-1913-son Qarori qabul qilingan va unga ko‘ra 2013-yilning 1-aprelidan boshlab O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan yoki tranzitini amalga oshirayotgan yuk tashuvchilar chegarani kesib o‘tgan joyidagi bojxona organlariga tashilayotgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotni, shu jumladan, ularning nomi, miqdori, vazni va yuklar qiymati, shuningdek Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga muvofiq ularning kodlari haqidagi ma’lumotni taqdim etishlari shartligi belgilab qo‘yilgan.

Tojikiston Respublikasi yo‘llarida yuk bilan harakatlanish bo‘yicha mavsumiy talablar joriy etilgani to`g`risida

01.05.2013 11:32:46 Тожикистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлигининг Ўзбекистон Республикасининг Тожикистон Республикасидаги элчихонасига юборган нотасида маълум қилинишича, Тожикистон Республикаси ҳукуматининг “Умумий фойдаланишдаги автомобиль йўллари бўйлаб ҳаракатланишда транспорт воситаларининг ўқларига тушадиган юк ва оғирликларига мавсумий чекловларни ўрнатиш тўғрисида”ги қарори билан ҳар йили 1 майдан 31 августга қадар кундузги ҳарорат 25 даражадан юқори бўлган вақтда Тожикистон Республикасидаги айрим автомобиль йўлларида транспорт воситаларининг ўқларига тушадиган юк ва оғирликларига нисбатан чекловлар жорий этилади.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech