Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligining ma’lumotiga ko‘ra Rossiya Transport vazirligining 2015 yil 19 avgustdagi “Ikkitomonlama va tranzit xalqaro avtomobilda tashuvlarni ruhsatnomasiz amalga oshirish shartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 249-sonli buyrug‘i 2015-yil 9-noyabrdan kuchga kirdi (2015-yil 27-oktabrda 39477-son bilan Rossiya Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi).

Ushbu hujjatdagi shartlar, Rossiya Federatsiyasining xalqaro avtomobil qatnovlari sohasidagi bitimlarida nazarda tutilgan holatlarga rioya etilgan taqdirda ikkitomonlama va tranzit xalqaro avtomobilda tashuvlari ruhsatnomasiz amalga oshirilishi mumkinligini belgilaydi.

Batafsil ma’lumotlar bilan huquqiy ma’lumotlar rasmiy internet-portalida (http://publication.pravo.gov.ru/Document/View/0001201510290009) manzili orqali tanishishingiz mumkin.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi O’zbekistonning avtomobilda xalqaro tashuvchilaridan Rossiya Federatsiyasi hududi orqali xalqaro avtomobilda tashuvlarni amalga oshirish jarayonida yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotni inobatga olishni so‘raydi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech