Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi 2017-yilda avtomobilda xalqaro yuk tashishlarini amalga oshirish uchun horijiy ruxsatnomalarga umumiy yillik ehtiyojni aniqlash maqsadida talabnomalarni qabul qilish boshlanganligi haqida ma’lum qiladi.

Talabnomada tashuvchining har bir davlat va tashishlar turi bo‘yicha horijiy ruxsatnomalarga yillik ehtiyoji hamda xalqaro tashishlar uchun foydalaniladigan avtotransport vositalari soni ko‘rsatiladi (shakl ilova qilinadi). Talabnoma kelgusi yil mobaynida xalqaro tashishlarni amalga oshirishning aniq bashorati asosida tuzilishi zarur.

Talabnomani shakllantirishda tashuvchilar o‘z korxonalarining haqiqatdan mavjud imkoniyatlarini inobatga olishlari va horijiy ruxsatnomalarga ehtiyojlari asossiz oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.

Talabnomalar 2016-yilning 30-sentabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumotlarning tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida yillik talabnomalar bir vaqtda elektron manzil orqali yuborilishi mumkin: m.khamidov@uzaart.uz va saidazim1987@mail.ru.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech