Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston avtomobil transporti agentligiga O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xabar qilishicha joriy yilning aprel oyi boshida respublikamizdan “qishloq xo‘jaligi mahsulotlari” eksporti ko‘payganligi sababli Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaralarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida) joylashgan o‘tkazish punktlari yuk avtotransport vositalarining uzoq navbatlariga sabab O’zbekiston va Qozog‘iston davlatlari bojxonalarining mutasaddi xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqilganligi ma’lum qilindi.

Qozog‘iston Respublikasining qonunchiligiga ko‘ra, respublikaga kirib kelayotgan avtotransport vositalari bo‘yicha tashuvchilar tomonidan kamida 2 soat avval bojxona organlariga oldindan elektron xabar (hozirda 30-40% avtotransport vositalari bo‘yicha berilmayotganligi) berilishi lozimligi bildirilgan. Shuningdek ushbu taqdim etilayotgan elektron ma’lumotlarda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi ta’kidlab o‘tilgan.

Agentlik Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, mazkur davlat hududi orqali olib o‘tilishi mo‘ljallanayotgan tovar va transport vositalari to‘g‘risida Qozog‘iston Respublikasi bojxona xizmati organlariga elektron ma’lumotlarni oldindan va to‘g‘ri taqdim etishingizni so‘raydi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech