Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Tanish belgilarini yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzish bo‘yicha tavsiya

24.07.2015 11:38:13 Yo‘nalishsiz taksilar uchun hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini yetkazib berish bo‘yicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olish Komissiyasi tomonidan joriy yilning 11-oktabrida o‘tkazilgan tanlovda yo‘nalishsiz taksilar uchun tanish belgisini ishlab chiqaruvchi “Saraton Plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati tanlov g‘olibi deb e’lon qilingan edi.

Terminallar mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga sotib olinadi!

24.07.2015 11:37:43 Tashuvchilar tomonidan tushgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda Agentlik tashuvchilar tomonidan terminallarni sotib olishda amaliy yordam berilishini so‘rab O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qildi. Shunga ko‘ra O’zbekiston banklar assotsiatsiyasidan olingan javobda avtotransport korxonalari (yoki ularning turli texnik vositalarni yetkazib beruvchi hamkorlari) mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga terminallar sotib olish uchun tegishli buyurtmalar joylashtirgan holda ularni milliy valyutaga sotib olishlari mumkinligi ma’lum qilinadi.

Diqqat, taksometr sotamiz!

24.07.2015 11:37:08 "O’ztranssanoat" uyushmasiga qarashli bo‘lgan "O’ztranslizing" unitar korxonasi tomonidan yo‘nalishsiz taksilar uchun taksometr olib kelinganligini ma’lum qilamiz. Ushbu taksometr “O’zstandart” agentligi tomonidan sertifikatsiya qilinib, ro`yxatdan o‘tgan.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech