Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Yo‘nalishsiz taksilar uchun hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini yetkazib berish bo‘yicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olish Komissiyasi tomonidan joriy yilning 11-oktabrida o‘tkazilgan tanlovda yo‘nalishsiz taksilar uchun tanish belgisini ishlab chiqaruvchi “Saraton Plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati tanlov g‘olibi deb e’lon qilingan edi.

“Saraton Plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan O’zDSt 1055:2011 “Yo‘nalishsiz taksi uchun yagona tanish belgilari. Umumiy texnik talablar” davlat standarti talablari asosida ishlab chiqariladigan tanish belgilarining yo‘nalishsiz taksi avtomobillariga maxsus moslama yordamida mahkamlanishi ko‘zda tutilgan.

“Saraton Plast” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tanish belgisini ishlab chiqarish bo‘yicha TSh 64-15002691-06: 2011 texnik shartlari 2011-yil 11-noyabrda “O’zstandart” agentligida 112/010778-son bilan Davlat ro‘yxatiga olingan.

“Saraton Plast” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tanlovga bergan taklifida 1 komplekt tanish belgisining narxi 100 (yuz) ming so‘m deb belgilangan.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashuvchilarga yo‘nalishsiz taksi uchun tanish belgilarini yetkazib berish bo‘yicha “Saraton Plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan shartnoma tuzishni tavsiya etadi.

Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi, 215-uy.

Telefonlar: 287-51-21, 287-51-20.

Elektron manzil: saratonplast@yandex.ru

Sayt: saratonplast.uz

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech