Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 266-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan Tashuvchi yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish boshlangunga qadar «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalashi shart.

Tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilgan kundan (2015-yil 27-noyabrdan) boshlab kuchga kiradi;

Mazkur Qonun va Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan qarorining kuchga kiritilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-iyuldagi «Umumiy foydalaniladigan havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarini baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdorlari to‘g‘risida» 379-son, 1994-yil 20-apreldagi «Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 iyuldagi 379-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida» 217-son qarorlari hamda Agentlikning 2014-yil 17-fevraldagi Ye-115-son va 3/2TF son telefaksnomalarining 3 bandining birinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotadi.

Bunga asosan, 2015-yil 27-noyabridan boshlab, shaharlararo yo‘lovchilar tashish transportida har bir chiptaga davlat majburiy shaxsiy sug‘urta to‘lovi uchun eng kam oylik ish haqining 0,2 foizi miqdorida sug‘urta to‘lovini qo‘shish bekor qilinadi.

Shu munosabat bilan:

Barcha avtovokzal va avtostantsiya rahbarlariga shaharlararo yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarida chipta narxiga majburiy sug‘urta to‘lovi qo‘shilishi bekor qilinganligini yetkazishingizni, ushbu tashish turi bilan shug‘ullanuvchi tashuvchilar va mas’ul xodimlarga yo‘l haqi jadvallarini qaytadan ishlab chiqib tasdiqlatishlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berishingizni, tariflarga amal qilinishini hamda avtovokzal va avtostantsiyalarda yo‘l haqiga kiritilgan o‘zgartirishlarning joriy etilishi va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yo‘lovchilarga ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yilishini ta’minlanishini nazoratga olishingizni so‘raymiz.

Bajarilgan ishlar yuzasidan joriy yilning 1 noyabrigacha Agentlikka yozma ma’lumotnoma taqdim etilishini so‘raymiz.

Файл
Faylni yuklamoq
Размер: 70.72 KB


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech