Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Hurmatli haydovchilar!

Joriy yilning 20-noyabridan 20-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Avtotransport vositalarida yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirni samarali o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida:

- yo‘lovchilar bilan hushmuomalada bo‘lish;

- transport vostasi va uning salonini toza holda saqlash;

- shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;

- uyali telefonlardan foydalanmaslik;

- yo‘nalish intervali va harakat jadvaliga qat’iy amal qilish;

- yo‘l harakati, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish qoidalariga hamda transport vositalarida yo‘lovchilar tashish xafsizligini ta’minlashga doir talablarga rioya qilish talab etiladi.

Shu munosabat bilan sizlardan ushbu tadbirda faol ishtirok etishingiz so‘raladi.

Hurmatli yo‘lovchilar!

Joriy yilning 20-noyabridan 20-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Avtotransport vositalarida yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish oyligi” o‘tkazilishi munosabati bilan yoshi katta va nogironlarga e’tibor berib, joy berish, qo‘pol muomalada bo‘lmaslik, harakat jarayonida haydovchini chalg‘itmaslik hamda avtobus saloni va o‘rindiqlariga zarar yetkazmasligingiz so‘raladi.

Sizlardan ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Shuni unutmangki barchamiz bir yurtning farzandlarimiz!

Umumiy foydalanishdagi avtotransport vositasi har birimizning umumiy mulkimizdir, uni asrab avaylanishi ertangi kunimiz uchun tejamkorlik garovidir!


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech