Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Seminarni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i V.Ismailov ochib beradi.

Seminarda quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar beriladi:

-Avtomobil transportida boshqarish va tartibga solish;

-Avtomobil tashishlaridagi litsenziyalashning xususiyatlari;

-Tashuvchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablar, mavjud muammolar;

-2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasi shahar va qishloqlarida yo‘lovchi transportini rivojlantirish Dasturi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

-Sohadagi transport xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida;

-Samarqand shahri misolida shahar yo‘lovchi transportida yo‘l haqini

to‘lashning yangi shakllari va usullari (jeton tizimi);

-Andijon shahri misolida shahar yo‘lovchi transportida yo‘l haqini

to‘lashning yangi shakllari va usullari – maxsus smartkartlar qo‘llangan elektron tizim;

-Halqaro avtomobil tashishlarini tashkil etishning huquqiy asoslari;

-O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligining asosiy tushunchalari va talablari;

-Avtomobil transporti tashkilotlarida o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash hususiyatlari;

-Hududiy bo‘linmalardagi Moliya vazirligining G’aznachilik hisob raqamiga tashuvchilar tomonidan to‘lanadigan davlat boji bo‘yicha to‘lovlar hisobining xususiyatlari;

-Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati oyligining yakunlari haqida.

Tadbirda Agentlik faoliyatining turli yo‘nalishlar bo‘yicha mutasaddilari va mutaxassislari ham ishtirok etib, jurnalistlarning sohaga doir barcha savollariga javob beradilar.

Seminar ma’lumotnomalarining elektron nusxasi talabga qarab jurnalistlarning elektron manzillariga yuborilishi yoki elektron tashuvchisiga yozib berilishi mumkin.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech