Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Poytaxtimizdagi eng gavjum chorrahalardan biri bo‘lgan Maxtumquli, Temur Malik, Parkent ko‘chalari va Ohangaron shossesi kesishgan nuqtada 3 pog‘onali ko‘prik qurilishi ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 3 oktyabr kunidan e’tiboran yo‘lovchi transporti harakatiga vaqtinchalik o‘zgaritirish kiritildi. Jumladan, 21, 23, 30, 44, 95, 110, 119, 129, 152 - avtobus yo‘nalishlari, 19m, 55m, 75m, 79m, 88m, 91m, 133m, 139m, 195m yo‘nalishli taksi hamda 383, 366, 380 - shahar atrofi yo‘nalishida harakatlanuvchi jamoat transporti mazkur hududni aylanib o‘tadi.

Mamlakatimiz tarixida ilk marta qurilayotgan 3 qavatli yangi ko‘prik yo‘ldagi tirbandlikni kamaytirib, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlaydi. Ko‘prikning Parkent ko‘chasidan Ohangaron shossesiga o‘tuvchi qismida uzunligi 500 metrdan ziyod tunnel quriladi. Ikkinchi bosqichda Qorasuv dahasidan Maxtumquli ko‘chasiga chiquvchi yo‘lning mazkur tunnel ustidan o‘tgan qismida aylanma ko‘prik bunyod etiladi. Ikkala ko‘prikning ustidan o‘tuvchi uchunchi qavat Maxtumquli va Temur Malik ko‘chalarini tutushtiradi. Shuningdek, Toshkent mexanika zavodida ishlab chiqarilgan samolyotlarni olib chiqishga mo‘ljallangan yo‘l o‘tkazgich barpo etish rejalashtirilgan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech