Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chop etish sanasi: 31.01.2019 y.
Muddat: gacha: 16:00   06.03.2019 y.
Ko'rishlar: 188

DIQQAT, TENDER!

2019-yil 6-mart soat 16:00 da

Qashqadaryo viloyatida Shahar/shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichi yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish bo‘yicha komissiya tomonidan 2019-yilning 16-yanvar kuni o‘tkazilgan tender tanlovida buyurtmalar yetarli bo‘lmaganligi yoki umuman tushmaganligi sababli qolib ketgan, shuningdek qo‘shimcha ravishda kiritilgan quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida ishlash huquqi uchun

TAKRORIY OChIQ TENDER tanlovi o‘tkaziladi:

Shahar ichi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

Qarshi shahri

3-YT «Shayxali qo‘rg‘oni – Muzey»

8-YT «Bolalar shifoxonasi – Yerqo‘rg‘on bozori»

18-YT «Paxtazor mittitumani – Yerqo‘rg‘on bozori»

20-YT «Qizil machit – Terminal»

28-YT «Temir yo‘l vokzali – Samarqand avtostantsiyasi»

37-YT «Xontepa mahallasi – Yerqo‘rg‘on bozori»

Shahrisabz shahri

6-YT «Arabon bozori – Ko‘z kasalliklari shifoxonasi»

7-YT «Mehnat birjasi – Aylanma harakat»

8-A-YT Aylanma harakat (Avtostantsiyadan avtostantsiyagacha 1-sxema)»

9-YT Aylanma harakat (Chorshanbi bekatidan Aloqa bo‘limi orqali)

16-YT Aylanma harakat (Chorshanbi bekatidan Tezguzar mahallasi orqali)

Shahar ichi avtobus yo‘nalishi

1-sonli «Kasbi avtostantsiyasi – Dehqon bozori – Tuman shifoxonasi – Kasbi avtostantsiyasi» (aylanma harakat)

Shahar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

ShYT-204 «Dehqonobod avtostantsiyasi – Qorashina qishlog‘i»

ShYT-206 «Kitob avtostantsiyasi – Ochamayli qishlog‘i»

ShYT-211 «Kitob avtostantsiyasi – Tuyul qishlog‘i»

ShYT-224 «Kitob avtostantsiyasi – Bodomzor qishlog‘i»

ShYT-241 «Qamashi avtostantsiyasi – Sho‘rcha qishlog‘i»

ShYT-249 «G’uzor avtostantsiyasi – Pachkamar qishlog‘i»

ShYT-261 «Chiroqchi – Beshchashma qishlog‘i»

ShYT-262 «Chiroqchi – Qalqama qishlog‘i»

ShYT-267 «Muborak avtostantsiyasi – Jeynov qishlog‘i» Jeynov tomondan

ShYT-287 «Yakkabog‘ avtostantsiyasi – Chaydari qishlog‘i»

ShYT-296 «Chiroqchi-Yangiqishloq qishlog‘i»

ShYT-315 «Beshkent avtostantsiyasi – Fazli qishlog‘i»

ShYT-333 «Beshkent avtostantsiyasi – Charog‘il qishlog‘i»

ShYT-334 «Yakkabog‘ avtostantsiyasi – Chiroqchi» Chiroqchi tomondan

ShYT-344 «Yakkabog‘ qo‘rg‘oni – Yangiobod qishlog‘i»

ShYT-345 «Yakkabog‘ qo‘rg‘oni – Batosh qishlog‘i»

ShYT-346 «Yakkabog‘ qo‘rg‘oni – Qo‘shtegirmon qishlog‘i»

ShYT-356 «Dehqonobod avtostantsiyasi – Oqirtma qishlog‘i»

ShYT-365 «Dehqonobod avtostantsiyasi – Gumbuloq qishlog‘i»

ShYT-370 «Qamashi avtostantsiyasi – Qiziltepa qishlog‘i»

ShYT-409 «Kasbi avtostantsiyasi – Zumrad qishlog‘i»

ShYT-448 «Yakkabog‘ avtostantsiyasi – Qoramurcha qishlog‘i»

ShYT-473 «Muborak avtostantsiyasi – A.Temur (Yangi hayot qishlog‘i)»

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

ShAY-210 «Qarshi avtostantsiyasi – Xonobod qishlog‘i»

ShAY-211 «Kitob avtostantsiyasi – Tuyul qishlog‘i»

ShAY-226 «Shahrisabz avtostantsiyasi – Qamashi avtostantsiyasi» ikki tomondan

ShAY-249 «G’uzor avtostantsiyasi – Pachkamar qishlog‘i»

ShAY-282 «Qarshi avtostantsiyasi – Koson» ikki tomondan

ShAY-412 «Qarshi avtostantsiyasi – Uzunquduq qishlog‘i»

ShAY-438 «G’uzor avtostantsiyasi – Saroy qishlog‘i»

Viloyat hududidagi shaharlararo yo‘nalishli taksi yo‘nalishi

VHYT-512 «Qarshi avtostantsiyasi – Yakkabog‘ avtoctantsiyasi» ikki tomondan

Viloyat hududidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlari

VH-515 «Qarshi avtostantsiyasi – Qamashi avtostantsiyasi» ikki tomondan

VH-529 «Beshkent avtostantsiyasi – Maxtumquli xo‘jaligi (Vori qishlog‘i)»

Takroriy ochiq tenderda belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat soliq xizmati organlarida hisobda turadigan, avtomobil transportida tegishli ravishda shahar atrofida, shaharlararo yo‘lovchilar tashishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga hamda tender takliflarida tavsiya etilayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqalariga ega bo‘lgan har qanday yuridik shaxs qatnashishi mumkin. Tender qatnashchisi aynan bitta avtotransport vositalarini har xil yo‘nalishlarga tavsiya etishga haqli emas.

Tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan yoxud mulkiga arest solingan talabgorlarning tenderda qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ishtirokchi tender takliflari shaklini to‘ldirishda, o‘z takliflaridagi baho mezonlariga aloqasi bo‘lmagan ma’lumotlarni qo‘shmasdan, faqat so‘ralayotgan baho mezonlari bo‘yicha to‘la va mukammal axborot taqdim etishga majbur.

Da’vogar taqdim etayotgan tender takliflari u tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Yo‘nalishlarda yo‘lovchilar transporti xizmati ko‘rsatish yuzasidan tender g‘olibi bilan shartnoma shahar ichi yo‘nalishlarida kamida 6 oyga, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichi yo‘nalishlarida kamida 1 yilga tuziladi.

Shartnoma bo‘yicha ishlarning barcha shartlariga tashuvchi tomonidan rioya qilingan hollarda uning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin.

Ochiq tenderda ishtirok etishni xohlovchilar tender hujjatlari paketini olish uchun ATIB «Ipoteka bank»ning Toshkent shahar Chilonzor tuman filialidagi 20210000900745005051 maxsus hisobraqamiga (MFO: 00997, STIR: 202811527) oldindan bitta paket uchun 44000 so‘m, bittadan ortiq paketning har biri uchun 32000 so‘mdan o‘tkazib, Komissiyaga 2019 yil 1 mart soat 18:00 dan kechikmay buyurtma berishlari lozim.

Qatnashchi tenderda qatnashishdan bosh tortganida, undan olingan tender hujjatlari paketi uchun to‘lov qaytarib berilmaydi.

Tender takliflari 2019 yil 5 mart kuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Belgilangan muddatdan kechikkan buyurtmalar va tender takliflari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Tender o‘tkazish manzili: Qarshi shahri, G’uzor ko‘chasi 12-uy. O’zbekiston avtomobil transporti agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi.

Tel.: 227-00-72, 227-14-68.

Ochiq tender tanlovi haqidagi e`lon "Avto plyus" gazetasida chop etilgan (03-son, 31.01.2019) va batafsil ma`lumotlar bilan gazeta sahifasida tanishishingiz mumkin.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech