Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
SHAHAR, SHAHARLARARO VA XALQARO AVTOTRANSPORTLARDA YO`LOVCHILAR TASHISH YUZASIDAN TENDERLAR TASHKIL ETISH VA O`TKAZISH

Aholiga xizmat ko`rsatish madaniyati va sifatini yaxshilash, yo`lovchilar transportida bozor raqobati muhitini yaratish, Respublikada avtotransport faoliyatini tartibga solish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-avgustdagi “Shahar yo`lovchilar transportida ochiq tenderlar tashkil etish va ularni o`tkazish masalalari to`g`risida”gi 350-sonli va 1999-yil 29-iyuldagi “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo`lovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va o`tkazish masalalari to`g`risida”gi 368-sonli qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahrida yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o`tkazish to`g`risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqqan holda barcha shahar yo`nalishlari, shaharatrofi va shaharlararo - viloyat ichki yo`nalishlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi hududidagi yo`nalishlar, viloyatlararo-shaharlararo yo`nalishlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o`rtasidagi yo`nalishlar tender asosida joylashtiriladi.


Tashuvchilar ochiq tenderlarning tashkil etilishi va o`tkazilishi masallari bo`yicha O`zbekiston avtomobil transporti agentligiga (Toshkent sh., Zulfiyaxonim k., 3-uy manzili bo`yicha va Agentlikning hududiy bo`limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha mas’ul shaxslar:

Djamalxodjaev Taxirxodja Tashxodjaevich – tel. 241-18-10
Turopov Farxod – tel. 241-15-11

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ochiq tenderlarning tashkil etilishi va o`tkazilishi masalalari bilan tegishli ravishda shahar va viloyat hokimiyatlari qoshida tashkil etilgan Litsenziyalash va barcha turdagi yo`lovchi transporti harakatini muvofiqlashtirish departamentlari shug`ullanadilar.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech