Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish

Ochiq tenderda belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi hududida ro`yxatdan o`tkazilgan, soliq organlarida hisobda turadigan, avtomobil transportida tegishli ravishda shahar atrofida, shaharlararo xalqaro yo`lovchilar tashishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo`lgan har qanday yuridik shaxs qatnashishi mumkin. Bunda har bir transport vositasini bittalab ko`rikdan o`tkazish bo`yicha belgilangan namunadagi, Davlat avtomobil nazorati boshqarmasining muhri bilan tasdiqlangan ijobiy dalolatnomaning mavjud bo`lishi qatnashchi uchun majburiy shart hisoblanadi.

Tender qatnashchisi aynan bitta avtotransport vositalarini har xil yo‘nalishlarga tavsiya etishga haqli emas.

Tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan yoxud mulkiga arest solingan talabgorlarning tenderda qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tenderda ishtirok etish uchun tender tanlovi haqidagi e`lon asos bo`ladi. Ya`ni, Tender Komissiyasi tenderga qo`yiladigan yo`nalishlar (yo`nalishlar paketlari) ro`yxatini va tenderni o`tkazishning asosiy shartlarini, tartibini, vaqtini, joyini, shu jumladan tender qatnashchilari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tender o`tkazilishidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali elon qiladi.

Ochiq tenderda qatnashishni xohlovchilar tender hujjatlari paketini olish yuzasidan Komissiyaga yozma buyurtmanoma berishlari kerak. Buyurtmanomalar berish va tender hujjatlarini olish uchun belgilangan muddat tender o`tkaziladigan sanadan 5 kun oldin tugaydi. Barcha buyurtmanomalar Komissiyaning tartib raqami qo`yilgan va ip o`tkazib bog`langan maxsus daftarida ro`yxatdan o`tkaziladi. Komissiya tashuvlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo`lgan qatnashchilardan tushgan barcha buyurtmanomalarni istisnosiz qabul qilishga majbur. Ammo ochiq tenderda qatnashish uchun belgilangan muddatdan kechikib tushgan buyurtmanomalar ko`rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Qatnashchi tender hujjatlari bahosini ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxi bo`yicha to`lashi kerak. Tushgan mablag`lar viloyat hokimligining (O`zbekiston avtomobil transporti agentligining) maxsus schyotiga o`tkaziladi va ulardan faqat tenderlar o`tkazishni tashkil etish uchun foydalaniladi. Faqat Komissiya raisi Komissiya a`zolari bilan kelishgan holda ushbu mablag`larni tasarruf etish huquqiga ega.

Tender bo`yicha takliflarni qabul qilish tender o`tkazilishidan bir kun oldin tugaydi. Tender bo`yicha takliflarni qabul qilishning tugash sanasi va vaqti Komissiya tomonidan o`tkaziladigan tender to`g`risidagi e`londa ko`rsatiladi.

Tender bo`yicha takliflar topshirilgandan keyin qatnashchilar ularga biron-bir tuzatishlar kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo`yicha tushgan takliflarni Komissiya baholaydi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech