Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

26 oktabr 2015 y. - 30 oktabr 2015 y.

Matbuot anjumanida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2015-yil yanvar — sentabr oylari ish yakunlari bo‘yicha Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari Shoolim Shovahobov hisobot beradi.

Hisobotda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi:

1. Respublika avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar.

2. Avtoransport xizmatlari va servisni rivojlanishtirishining prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, aholiga, xususan, qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatlari va servis darajasi va sifatini oshirish doirasida yo‘nalishli transport tarmog‘i rivoji.

3. Avtotransportda yuk va yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalash hamda litsenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlarining bajarilishini nazorat qilish borasida amalga oshirilgan ishlar.

4. Avtomobil va daryo transporti sohasida me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar.

5. Avtomobil va daryo transporti sohasida tashqi iqtisodiy faoliyat.

6. Agentlikning Kemachilik registri va kemachilik inspektsiyasi faoliyati.

7. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat Dasturining ijrosi yuzasidan Agentlikda amalga oshirilgan ishlar.

Tadbirda Agentlik faoliyatining turli yo‘nalishlar bo‘yicha mutasaddilari va mutaxassislari ham ishtirok etib, jurnalistlarning sohaga doir barcha savollariga javob beradilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech