Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22 iyul 2016 y. - 29 iyul 2016 y.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2016 yil yanvar-iyun oylari ish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani

Matbuot anjumanida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2016 yilning yanvar-iyun oylari ish yakunlari to‘g‘risida, Agentlikning Axborot xizmati rahbari N. Asriddinov hisobot beradi.

Matbuot anjumanida yanvar-iyun oylarida quyidagi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot beriladi:

— 2016-yilning yanvar-iyun oylari davomida Respublikamizda avtomobil transportiga oid o‘tkazilgan tenderlar borasida;

— Respublika avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar;

— Avtoransport xizmatlari va servisni rivojlanishtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, aholiga, xususan, qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatlari va servis darajasi va sifatini oshirish doirasida yo‘nalishli transport tarmog‘i rivoji;

— Avtotransportda yuk va yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalash hamda litsenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlarining bajarilishini nazorat qilish borasida amalga oshirilgan ishlar;

— Avtomobil va daryo transporti sohasida me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar;

— Avtomobil va daryo transporti sohasida tashqi iqtisodiy faoliyat;

— “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat Dasturining ijrosi yuzasidan Agentlikda amalga oshirilgan ishlar.

Tadbirda Agentlik faoliyatining turli yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislari ham ishtirok etib, jurnalistlarning sohaga doir barcha savollariga javob beradilar.

Hisobotning elektron nusxasi talabga qarab jurnalistlarning elektron manzillariga yuborilishi yoki elektron tashuvchisiga yozib berilishi mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech