Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8 Noyabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 44

Litsenziyalarining amal qilish muddati vaqtincha to`xtatilgan, tugatilgan va bekor qilingan korxonalar

Jizzax viloyatidagi «Qurbon Trans Servis» MChJga avtomobil transportida yuklarni shahar atrofida tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2022 yil 25 aprelgacha bo‘lgan AT 41835 raqamli litsenziyaning amal qilishi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2006-yil-14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom»ning 29-moddasida nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.

(O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Avtotransport sohasida shahar va shahar atrofida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining2018yil 31oktyabrdagi34-sonli yig‘ilish qaroriga asosan).

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Malika ServisTrans» MChJga yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2018 yil 4 apreldan 2023 yil3 aprelgacha bo‘lgan AT 0046057raqamli litsenziyaning amal qilishi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom»da nazarda tutilgan tartibda 2018 yil 1 noyabrdan qayta tiklanadi.

(O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2018 yil 31 oktyabrdagi 110-sonli majlis bayoni qaroriga asosan).


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech