Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Noyabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 87

Litsenziyalarining amal qilish muddati vaqtincha to`xtatilgan, tugatilgan va bekor qilingan korxonalar

I. Samarqand viloyatidagi korxonalarga berilgan quyidagi litsenziya varaqalarining amal qilishi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlari buzilganligi sababli «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunining 22-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»ning 28-bandida nazarda tutilgan tartibda 2018 yil 16 noyabrdan 10 (o‘n) ish kuniga to‘xtatib turiladi, litsenziatlar zimmasiga qoidabuzarliklarni shu muddat ichida bartaraf etish majburiyati yuklatiladi:

a) Foydalanuvdagi avtotransport vositasi muntazam yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatib tegishli hujjatlar bilan ta’minlanmaganligi, ya’ni tender g‘olibi guvohnomasi va yo‘nalish sxemasisiz xizmat ko‘rsatganligi hamda o‘zboshimchalik bilan boshqa yo‘nalishda xizmat ko‘rsatganligi sababli:

1. «Toxir - R» xususiy firmasiga qarashli:

– SAZ NP37 rusumli, 30/854ABA (30/553SAA) davlat belgili avtobusda yo‘lovchilarni shaharda avtobusda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2019 yil 2 aprelgacha bo‘lgan AT 2131308 raqamli (davlat raqami o‘zgargan, ammo litsenziya varaqasi kayta rasmiylashtirilmagan);

– SAZ NP37 rusumli, 30/891WAA davlat belgili avtobusda yo‘lovchilarni shaharda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2019 yil 2 aprelgacha bo‘lgan AT 2131305 raqamli litsenziya varaqalari.

b) Foydalanuvdagi avtotransport vositasi muntazam yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatib tegishli hujjatlar bilan ta’minlanmaganligi, ya’ni tender g‘olibi guvohnomasiz va yo‘nalish sxemasisiz xizmat ko‘rsatganligi hamda yo‘nalish sxemasiga rioya etilmaganligi sababli:

2. «Afrosiyob trans servis» MChJga qarashli:

– SAZ NP37 rusumli, 30/524WAA davlat belgili avtobusda yo‘lovchilarni shaharda avtobusda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2020 yil 23 maygacha bo‘lgan AT 2215752 raqamli;

– SAZ NP37 rusumli, 30/148XAA davlat belgili avtobusda yo‘lovchilarni shaharda avtobusda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2019 yil 23 maygacha bo‘lgan AT 2215740 raqamli litsenziya varaqalari.

v) Avtotransport vositasi kunlik texnik ko‘rikdan va haydovchi kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan yo‘nalishga chiqarilganligi hamda mavjud litsenziya varaqasi avtobusda bo‘lmaganligi sababli:

3. «Arxideya Motors» MChJga qarashli SAZ NP37 rusumli, 30/038 YAA davlat belgili avtobusda yo‘lovchilarni shaharda avtobusda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2019 yil 20 maygacha bo‘lgan AT 2215445 raqamli litsenziya varaqasi.

II. «Go’zalkent trans» MChJga yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2018 yil 2 dekabrgacha bo‘lgan AT 0031346 raqamli litsenziyaning amal qilishi, litsenziatning arizasiga binoan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunining 23-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»ning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.

(O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi Avtotransport sohasida shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yuk va yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziyalash buyicha komissiyasining 2018 yil 15 noyabrdagi 512-sonli yig‘ilish bayoni qaroriga asosan).


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech