Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Yanvar 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 353

Litsenzyialarining amal qilish muddati vaqtincha to`xtatilgan, tugatilgan va bekor qilingan korxonalar


Urganch shahridagi «Urganch 2534-ATK» davlat unitar korxonasiga yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan, amal qilish muddati 2014 yil 13 oktabrdan 2019 yil 12 oktyabrgacha bo‘lgan AT 0034607 raqamli litsenziyaning amal qilishi, litsenziatning arizasiga asosan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»da nazarda tutilgan tartibda muddatidan oldin tugatiladi.

(Avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Xorazm viloyat hududiy komissiyasining 2018 yil 6 yanvardagi 1-sonli yig‘ilish qaroriga asosan).

Jizzax viloyatidagi korxonalarga berilgan quyidagi litsenziya varaqalarining amal qilishi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»ning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda tugatiladi:

1. «Akobir Avtotrans Servis» MChJga qarashli «Neksiya» rusumli, 25/064TTA davlat belgili avtotransport vositasiga yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2018 yil 21 yanvargacha bo‘lgan AT 1926872 raqamli;

2. «Ravot Omad» MChJga qarashli GBA SPG GAZ 3302 rusumli, 25D650CA davlat belgili avtotransport vositasiga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun berilgan, amal qilish muddati 2018 yil 26 fevralgacha bo‘lgan AT 2024232 raqamli litsenziya varaqalari.

(O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Avtotransport sohasida shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlarda yuk va yo‘lovchilar tashish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining 2018 yil 9 yanvardagi 01-sonli yig‘ilish bayoni qaroriga asosan).

«Dovut Mironshox trans servis» MChJga avtomobil transportida yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi AT 0040261 raqamli litsenziyaning amal qilish muddati, litsenziat tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etilganligi munosabati bilan, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»da nazarda tutilgan tartibda 2017 yil 29 dekabrdan qayta tiklandi.

(Avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Buxoro viloyat hududiy komissiyasi qaroriga asosan).


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech