Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Avgust 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 88

Litsenziyalarining amal qilish muddati vaqtincha to`xtatilgan, tugatilgan va bekor qilingan korxonalar

Buxoro viloyatidagi «SHOMUROD QODIR TRANS» MChJga avtomobil transportida yuklarni shahar atrofida tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2015 yil 12 fevraldan 2020 yil 11 fevralgacha bo‘lgan AT seriyali 0036498 raqamli litsenziyaning amal qilishi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»ning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda 2018 yil 25 iyuldan tugatildi.

(O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlarda tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2018 yil 25 iyuldagi 4T-sonli majlis bayoniga asosan).

Toshkent shahridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga berilgan quyidagi litsenziyalarning amal qilishi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom»ning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda tugatiladi:

1. «READY AVTO TRANS» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (Toshkent shahri, Shayxontohur tumani) Litsenziyalash bo‘yicha komissiyaning 2016 yil 27 apreldagi 11-sonli majlis bayoniga asosan yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2016 yil 5 maydan 2021 yil 4 maygacha bo‘lgan AT seriyali 0001821 raqamli;

2. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «RITA INVESTMENT GROUP» chet el korxonasiga (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani) Litsenziyalash bo‘yicha komissiyaning 2017 yil 16 iyundagi 866-sonli majlis bayoniga asosan yuklarni avtomobil transportida shaharda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2017 yil 16 iyundan 2022 yil 15 iyungacha bo‘lgan AT seriyali 0042935 raqamli, yuklarni avtomobil transportida shahar atrofida tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2017 yil 16 iyundan 2022 yil 15 iyungacha bo‘lgan AT seriyali 0042936 raqamli hamda Litsenziyalash bo‘yicha komissiyaning 2014 yil 22 apreldagi 420-sonli majlis bayoniga asosan yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2014 yil 22 sentyabrdan 2019 yil 23 aprelgacha bo‘lgan AT seriyali 0035090 raqamli;

3. «INTERNATIONAL CONSTRUCTION» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (Toshkent shahri, Sergeli tumani) Litsenziyalash bo‘yicha komissiyaning 2015 yil 22 oktyabrdagi 763-sonli majlis bayoniga asosan yuklarni avtomobil transportida shaharda tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2015 yil 23 oktyabrdan 2020 yil 22 oktyabrgacha bo‘lgan AT seriyali 0037701 raqamli va yuklarni avtomobil transportida shahar atrofida tashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati 2015 yil 23 oktyabrdan 2020 yil 22 oktyabrgacha bo‘lgan AT seriyali 0037702 raqamli litsenziyalar.

(O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Avtomobil transportida yuklarni shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha komissiyasining 2018 yil 31 iyuldagi 61-sonli majlis bayoni qaroriga asosan).


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech