Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Dekabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil taransporti agentligi Axborot xizmati 70

Yurtimiz iqtisodiyotining qon tomiri sanalgan transport infratuzilmasini zamon talablari darajasida tashkil qilish, aholiga yuqori sifatli servis xizmatini ko‘rsatish, yo‘lovchilarni manzillariga o‘z vaqtida xavfsiz yetkazishni tashkil etish borasida O’zbekiston avtomobil taransporti agentligi tomonidan belgilangan reja asosida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar oyidan e’tiboran mamlakatimizni qo‘shni respublikalar bilan bog‘lovchi xalqaro avtobus yo‘nalishlari qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bugun esa nafaqat poytaxt Toshkent shahridan balki talab yuqori bo‘lgan chekka shahar va tumanlardan ham xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.Bugungi kungacha O’zbekiston avtomobil taransporti agentligi tomonidan xalqaro avtobus yo‘nalishlari soni 12 taga yetdi. Shulardan 5 tasi Qozog‘iston Respublikasiga “Toshkent - Chimkent” (yanvar oyidan), “Toshkent - Olmaota”(aprel oyidan), “Toshkent - Qizilo‘rda”(iyul oyidan), “Nukus - Ushkunur”(avgust oyidan), “Chirchiq - Ushkunur”(14 noyabrdan) yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.

Qirg‘iziston Respublikasiga 1 ta “Toshkent- Bishkek” yo‘nalishida joriy yilning may oyidan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Rossiya Federatsiyasiga 2 ta “Toshkent- Nijniy Novgorod” yo‘nalishida sentyabr oyidan e’tiboran, joriy yilning 23 noyabr kunidan e’tiboran esa “Toshkent- Qozon” yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Tojikiston Respublikasiga shu kunga qadar 4 ta “Toshkent- Xo‘jand”(may oyidan), “Termiz- Dushanbe” (sentyabr oyidan), “Denov- Dushanbe” (sentyabr oyidan), “Samarqand- Panjikent”(sentyabr oyidan) yo‘nalishlari ochildi.

O’zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan “Toshkent – Xo‘jand – Qo‘qon – Toshkent” yo‘nalishida qatnovlarni tashkil etish borasidagi masalalarni o‘rganish maqsadida ilk texnik sinov qatnovi amalga oshirildi. Mazkur qatnov davomida Agentlik mutaxassislari Tojikistonlik hamkasblari bilan birga mazkur yo‘nalishning harakat jadvali, chegara va bojxona nazorat punktlaridan o‘tish jarayoni va boshqa texnik masalalarni o‘rganib chiqishdi va o‘z xulosalarini taqdim etishdi.

6096.jpg

Sinov reysining ishga tushirilishi – yo‘nalishning texnik imkoniyatlarini yaratish, yo‘lovchi xavfsizligini ta’minlash shartlari, Tojikiston bilan chegarani kesib o‘tishni o‘z ichiga oladi. Barcha xususiyatlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng Farg‘ona vodiysini O’zbekistonning boshqa mintaqaviy markazlari bilan bog‘lash imkoniyati ham muhokama qilinadi.

O’zbek va tojik xalqlarini azaldan yaqin qo‘shnichilik va qarindoshlik rishtalari bir-biri bilan bog‘lab turadi. Zero, ikki xalqning tarixi umumiy va qadriyatlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. O’zaro hurmat an’analari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ikki davlat o‘rtasida avtobus qatnovlari sonining ortib borayotgani o‘zaro aloqalarni ikki qardosh xalq manfaatlaridan kelib chiqib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida olib borilayotgani ishlarning amaliy ifodasi deyish mumkin.

6100.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech