Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Sentabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 163

Markaziy Osiyo mintaqasi azaldan Sharq va G’arb o‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarida muhim o‘rin tutib kelgan. Xitoydan boshlanib Yevropaga qadar davom etgan “Buyuk ipak yo‘li” ning asosiy tarmoqlari ham ayni shu mintaqa shaharlari orqali o‘tgani bejiz emas. Bugungi globallashuv jarayonida mintaqaning mazkur masaladagi ahamiyati o‘zining dolzabligni yo‘qotmagan. Biroq mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanilmayotgani mintaqa salohiyatini boricha namoyon etishga to‘siq bo‘lib xizmat qilmoqda. 20-sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferentsiyada xalqaro transport yo‘laklaridan samarali va o‘zaro manfaatli asosda foydalanish, Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan aloqalarni mustahkamlash uchun yagona tarmoqlashgan va xalqaro integrallashgan transport makonini yaratish masalalari muhokama etildi.

5563.jpg

Har bir mamlakatning jadal rivojlanishi transport-kommunikatsiya kompleksining ildam rivojlanishi hamda tashqi bozorlarga yuklarni optimal va ishonchli yetkazib berishini ta’minlovchi xalqaro transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilinishini talab etadi. Tashqi savdo va tranzit yuklarni tashish uchun samarali xalqaro yo‘nalishlarni rivojlantirish, xalqaro transport kommunikatsiyalariga integrallashtirish, transport kompleksini modernizatsiyalash va tranzit salohiyatini oshirish mamlakatimiz transport siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro konferentsiya doirasida “Avtomobil tashishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha Xalqaro hamkorlik: xorijiy tajriba va milliy amaliyot”, mavzusida sho‘‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlari transport va tranzit salohiyatininng imkoniyatlari, Markaziy Osiyoda tashqi integratsiyalashgan transport sohasini shakllantirish va mintaqada yangi yo‘laklar yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, transport va logistika sohasida mutaxassislarni tayyorlashning xalqaro tizimi, xalqaro yuk tashish uchun zamonaviy shart-sharoitlar va bojxona-chegara tartiblarini ishlab chiqish masalalari, yirik transport yo‘nalishlari bo‘yicha logistika markazlari, bojxona omborlari hamda TIR- parklar tarmog‘ini yaratish mavzusi va boshqa ko‘plab masalalar 30 dan ortiq mamlakatlardan kelgan xorijlik mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.

5560.jpg

Anjuman davomida O’zbekiston avtomobil tarnsporti agentligi rahbari D. Dehqonov bir qator xorijlik mehmonlar bilan ikki tomonlama muloqotlar o‘tkazdi. Jumladan, Qirg‘iziston, Ukraina, Umon davlatlari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Transport infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, Osiyo va Yevropani bog‘lovchi transport koridorlari yaxlit tizimini yaratish, raqobat bardosh tranzitni ta’minlash maqsadida yuk tashish bo‘yicha sodda va qulay mexanizmini tashkil etish, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama etildi.

Xalqaro konferentsiya qatnashchilari Markaziy Osiyoda transport tizimini birgalikda rivojlantirish, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy dasturni qabul qilish hamda Jahaon banki, Yevropa tiklanish va taraqiyot bani, Osiyo taraqqiyot baniki va boshqa moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda transport logistikasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha mintaqaviy kelishuvni qabul qilishdan manfaatdorligini bildirishdi. Ekspertlar ushbu konferentsiya umumiy pozittsiya va yondashuvlarning yaqinlashuviga, shunigdek mintaqaviy transport va logistika sektorini rivojlantirish bo‘yicha birgalikda kelishilgan qarorlarni ishlab chiqishga yordam berishini ta’kidlashdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech