Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Noyabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 123

Farg‘ona shahrida o‘z faoliyatini boshlagan «New Far Taxi» MChJ mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z avtotransport parkini tashkil etish, shu orqali yo‘lovchilarga sifatli transport xizmati ko‘rsatishda tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlardan unumli foydalanmoqda.

Yaqinda korxona «Hamkor bank» Farg‘ona mintaqaviy filialidan 500 million so‘mlik kredit olib, ushbu mablag‘ni 13 ta yangi «Matiz» avtomobili xarid qilishga sarfladi. Natijada shuncha ish o‘rni yaratildi. Yangi avtotransport vositalaridan Farg‘ona shahrida yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatishda foydalanilmoqda.

Korxona rahbari M. Qobulovning so‘zlariga ko‘ra,yangi avtomobillar sifatli xizmat ko‘rsatish bilan birga, barqaror daromad kafolati hamdir. Farg‘ona Vodiyning yirik shaharlaridan biri, yo‘nalishsiz taksi mijozsiz qolib ketmasligi tayin. M. Qobulov to‘rt yil muddatga olingan kreditni o‘z vaqtida foizlari bilan bankka qaytarishiga shubha qilmaydi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech