Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Noyabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 36

Joriy yil mobaynida Xorazm viloyatida uchta shahar atrofi va bitta shahar ichi avtobus yo‘nalishlari ochilib, muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi «Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-3589-sonli qarorida ko‘zda tutilgan edi.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda yangi yo‘nalishlar pasportlari tayyorlanib, «Isuzu» rusumli avtobuslarda sinov qatnovlari boshlandi. Keyinchalik yo‘nalishlar tender orqali tashuvchilarga biriktirib berildi.

Xususan, «Qo‘shko‘pir – Oxunbabaev» shahar atrofi yo‘nalishi uzunligi 24 kilometr bo‘lib, ushbu yo‘nalishda jadval bo‘yicha soat 7:00 dan 16:00 gacha oltita qatnov amalga oshiriladi, yo‘l kira haqi 2400 so‘m. Kuniga o‘rtacha 250-300 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazilmoqda.

«Qo‘shko‘pir – Obod» yo‘nalishining masofasi 26 km bo‘lib, unda hamsoat 16:00 gacha oltita qatnov amalga oshiriladi, yo‘l kira haqi 2600 so‘mni tashkil qiladi. Kuniga qatnovlar soni6 ta, o‘rtacha 250-300 nafar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Ushbu ikki yo‘nalish Qo‘shko‘pir tumanidagi «Ixtiro» xususiy firmasiga biriktirilgan.

20,9 kilometrlik«Urganch markaziy dehqon bozori – Qumyop mahallasi» shahar atrofi avtobus yo‘nalishida esa avtobuslar ertalab soat 7:00 dan kechqurun 18-50 gacha qatnaydi. Kuniga 8 ta qatnov bilan o‘rtacha 320-350 nafar yo‘lovchi tashilmoqda.Yo‘l kira haqi 2100 so‘m. Yo‘nalishga «Bunyod yo‘lovchi tashish» MChJ xizmat ko‘rsatadi.

To‘rtinchi,«Urganch dehqon bozori – Broyler massivi»shahar ichi yo‘nalishi ancha qisqa – 6,2 km. Undaavtobuslar har kuni 19:00 gacha36 ta qatnovni amalga oshiradi.Yo‘l kira haqi 1000 so‘mni tashkil qiladi. «Xorazm Dovudservistrans» DUK xizmatidan kuniga o‘rtacha 1300-1440 nafar yo‘lovchi bahramand bo‘lmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech