Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Yanvar 2019 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 98

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-yanvardagi farmoyishiga muvofiq, bugun erta tongdan butun mamlakatimiz bo‘ylab ilk bor umumxalq ekologik xayriya hashari boshlandi. Hashar – xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat, bunyodkorlik mujassam. Shu munosabat bilan O’zbekiston avtomobil taransporti agentligi va uning hududiy boshqarmalarida ham barcha ishchi xodimlar hasharda uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi.

O’tkazilgan hashar davomida ishlab chiqilgan rejaga muvofiq obodonlashtirish ishlari bajarildi. Joylardagi ariqlar tozalanib, sug‘orish tizimlari soz holatga keltirildi. Daraxtlarga shakl berilib, hududlar turli chiqindilardan tozalanib atrof- muhitning sanitar holati yaxshilandi.

Ajdodlarimiz asrlar davomida hashar an’anasini qadrlab kelishgan. Zero, hashar eldagi hamjihatlik, ezgu istaklar namoyishidir. – Hashar nafaqat tarixiy qadriyat sifatida, balki tarbiyaviy jihati bilan ham o‘ta muhim ahamiyatga ega. Aynan hashar vaqtida butun bir korxona va tashkilot xodimlari bir joyda yagona maqsad atrofida birlashadi. Ishdan holi samimiy ruhda barcha bilan dildan suhbatlashish, hol-ahvol so‘rash, mehnat davomida qandaydir mavzularni norasmiy tarzda muhokama etish imkoniyati tug‘iladi. Bu esa kelgusida jamoadagi birdamlik, ish jarayonidagi unumdorlikka yaxshi ta’sir etadi,- deydi S. Sagatov.

“Yurtimizni yanada obod qilaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan hashar davomida Agentlikda faoliyat yurituvchi yoshlar jonbozlik ko‘rsatib, o‘zlarining ona tabiatga befarq emasligini, yurt obodligi uning ravnaqi yo‘lida kamarbasta ekanligini namoyish etishdi.

6415.jpg

6420.jpg

6426.jpg

6427.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech