Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Yanvar 2019 | Manba: O’zbekiston avtomobil taransporti agentligi Axborot xizmati 198

Joriy yilning 29-dekabr kuni O’zbekiston avtomobil transporti agentligida Agentlikning boshqarma, bo‘lim va xizmatlari, tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar xodimlari uchun Toshkent avtomobil loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti professori, Avtomobil transporit kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti professor o‘qituvchisi Yu. Shodimetov, ushbu institut direktor o‘rinbosari B.Tursunboev, Toshkent shahri, Yunusobod tumani Ma’muriy ishlar bo‘qicha sud raisi D.Ergashev, Bektemir tuman Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud raisi S.Mixliev ishtirokida video-seminar o‘tkazildi.

Saminarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 994-sonli «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori va ushbu qaror bilan 2006-yil 14-iyuldagi «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 138-qarorining o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risida hamda avtotransport sohasiga oid Qonun, qaror va farmonlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi va muhokama qilindi.

Shuningdek, sudyalar tomonidan Agentlik inspektorlariga reyd tadbirlari davomida aynan qanday funktsiyalarni bajarish, noqonuniy taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga kerakli va qonun qoidalar asosida faoliyat olib borish bo‘yicha tushunchalar berish to‘g‘risida taklif va talablarini bildirdilar.

Video-seminar asosan savol javob va baxs munozara tarzida o‘tib, ishtirokchilar zarur huquqiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.




Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech