Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 Yanvar 2019 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 100

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi 482-sonli, 2013-yil 13-noyabrdagi “Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-sonli qarori hamda 2018-yil 9-iyundagi “O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 434-sonli qaror talablaridan kelib chiqqan holda, yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbullashtirish maqsadida quyidagi qarorlar qabul qilinsin:

“101m-va 119-sonli yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish huquqini bekor qilish to‘g‘risida”

101m-sonli “Uysozlar mavzesi - Malika fabrikasi bekati” hamda 119m-sonli “Majnuntol mahallasi - Qo‘yliq M-4 AShB” yo‘nalishlarida vaqtinchalik (tendergacha) “SHIRIN MIRON” MChJga biriktirilgan, xizmat ko‘rsatish huquqi jamiyatning xati asosida bekor qilindi.

“76A-sonli avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”

“3-AVTOBUS SAROYI” MChJ tasarrufidagi76A-sonli “Qoraqamish 2/4 mavzesi - Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishining to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakatini Qoraqamish 3-ko‘chasidan Qoraqamish 2/4 mavzesi AShBgacha tashkil etildi.

“18A- va 148A-sonli avtobus yo‘nalishlaridagijadvallar sonini ko‘paytirish to‘g‘risida”

“5-AVTOBUS SAROYI” MChJ tasarrufidagi 18A-sonli “Tuzel mavzesi 3-daha - Chilonzor mavzesi 25-daha” yo‘nalishining jadvallar soni ish kunlari 9 ta, shanba kunlari 8 ta va yakshanba kunlari 7 ta hamda
148A-sonli “Bahor MFY - Jomiy maydoni” yo‘nalishining jadvallar soni ish kunlari 9 ta, shanba va yakshanba kunlari 8 ta etib belgilandi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech