Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Fevral 2019 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 191

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi 482-sonli, 2013-yil 13-noyabrdagi “Shahar yo‘lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-sonli qarori hamda 2018-yil 9-iyundagi “O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 434-sonli qaror talablaridan kelib chiqqan holda, yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbullashtirish maqsadida quyidagi qarorlar qabul qilinsin:

“169m-sonli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqini bekor qilish to‘g‘risida”

169m-sonli “Uchtepa hokimiyati bekati - Uchuvchilar shaharchasi” yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish yuzasidan “READY AVTO TRANS” MChJ bilan tuzilgan va amal qilish muddati 2020-yil 5-aprelgacha bo‘lgan, 001082-sonli tender kontrakti jamiyatning xati asosida muddatidan oldin bekor qilinsin.

“59m-sonli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqini bekor qilish to‘g‘risida”

59m-sonli “Qo‘yliq M4 AShB - Toshkent vokzali AShB” yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish yuzasidan “SHARIFA TRANS” MChJ bilan tuzilgan va amal qilish muddati 2021-yil 11-maygacha bo‘lgan, 001036-sonli tender kontrakti jamiyatning xati asosida muddatidan oldin bekor qilindi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech