Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Yanvar 2019 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 221

Bugun yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad esa yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir. O’z navbatida tadbirkorlar ham yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib daromad olish bilan birga, yurt ravnaqi, el- yurt manfaati yo‘lida hayrli ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Bunga Navoiy viloyatida yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Umidli yulduzlar” MChJ tomonidan Zarafshon shahrida amalga oshirilayotgan tadbir yaqqol misol bo‘la oladi.

O’zbekiston avtomobil transporti agentligining Navoiy viloyat boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Zarafshon shahar kengashi hamkorligida yangi — «Tekin taksi» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha doirasida shahardagi qariyalar, nogironligi bor shaxslar, yosh bolali va homilador ayollarga ko‘mak berish niyatida bozor, kasalxona hamda jome’ masjidlari yoniga bepul taksilar tashkil etilgan.

Agentlikning Navoiy viloyat boshqarmasi tasarrufidagi «Umidli yulduzlar» MChJ bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaga ko‘ra, har bir taksiga bir nafardan Yoshlar ittifoqi faoli biriktirilib bir kunda 500 dan ortiq aholiga beminnat yordam ko‘rsatilmoqda. Loyiha haftaning har juma kuni amalga oshiriladi.

«Shu kunlarda havo sovuq. Bunday vaqtda ko‘chada piyoda yurish nuroniylar, bolali ayollarga, bemorlarga og‘irlik qiladi. Bu loyiha biz qariyalar uchun ayni muddao. Baraka topishsin!», — deydi Rustam ota Salimov.​


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech