Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Noyabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 104

Mamlakatimiz aholisiga sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatish, yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazishni tashkil etish maqsadida O’zbekiston avtomobil transporti agentligi xalqaro yo‘nalishlarda avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yishda davom etmoqda. 23-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Qozon shahri Janubiy avtostansiyasidan yo‘lga chiqqan avtobus bugun Toshkent avtovokzaliga yetib keldi.

“Toshkent – Qozon” xalqaro avtobus yo‘nalishi masofasi 2651 km bo‘lib, yo‘nalishga sarflanadigan vaqt 43 soatni tashkil etadi. Yo‘nalishning harakat jadvali bo‘yicha O’zbekiston Respublikasining “G’isht ko‘prik” chegara maskani, Qozog‘iston Respublikasining “Jibek joli” va “Jaysan” chegara maskanlari hamda Rossiya Federatsiyasining “Sagarchin” chegara maskanlari orqali o‘tish vaqti 30 daqiqa davomida yo‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Mazkur xalqaro avtobus yo‘nalishida O’zbekiston tomondan “O’zavtotrans servis” MChJ va Rossiya Federatsiyasi tomonidan ya’ni Kazan tomondan “Mir Transporta” MChJlar faoliyat ko‘rsatadi.

Ushbu yo‘nalishda haftasiga ikki marotaba seshanba va juma kunlari qatnovlar amalga oshiriladi. Yo‘nalish bo‘yicha yo‘l kira xaqqi tarifi O’zbekiston Respublikasi pul birligida 500 000 so‘m, Rossiya Federatsiyasi pul birligida 5500 rubl etib belgilangan. Qatnovlar Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy «YUTONG» rusumli avtobuslarda amalga oshirilmoqda.

“O’zavtotrans servis” MChJ va “Mir Transporta” MChJlar tomonidan Rossiya Federatsiyasi hududi Qozon shahrida yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun avtobuslarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va avtobuslarni sanitariya talablariga mos xolga keltirish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolangan.

6036.jpg

6033.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech