Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1 Mart 2019 | Manba: Axborot xizmati 225

Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan Boshqarmada yosh kadrlarni erkin mavzuda badiiy asarlarni mutolaa qilish va xodimlarga taqdimot ko‘rinishida tadbiq etish bo‘yicha dastur ijrosi bo‘yicha 2019-yil 27-fevral kuni navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar transport boshqarmasi 1-toifali inspektori Sh.G’ofurov frantsuz yozuvchisi Antuan de Sent-Ekzyuperi hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’ruza qildi hamda o‘zi mutola qilgan yozuvchining qalamiga mansub, yoshu kattaning ko‘nglidan birdek joy olgan afsonaviy «Kichkina shaxzoda» ertak-qissasini yig‘ilish qatnashchilariga so‘zlab berdi.

«Kichkina shaxzoda» ertak-qissasi ilk marotaba 1943-yil 6-aprel kuni Nyu-Yorkda chop etilgan edi va hozirgi kunga qadar dunyoning 180 dan ortiq tilga tarjima qilingan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech