Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Noyabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 92

O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Toshkent shahar boshqarmasining “Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat sho‘basi” inspektorlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165 va 1763 moddalarida ko‘rsatilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, sud organlariga taqdim etilmoqda. Natijada noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yo‘lovchi va yuk tashuvchi haydovchilar o‘z faoliyatlarini qonuniylashtirmoqdalar.

Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasida Toshkent shahri ma’muriy sudlari tomonidan sayyor sudlar o‘tkazilmoqda. Hususan joriy yilning 14-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani, 16-noyabr kuni Bektemir tumani va 22-noyabr kuni Olmazor tuman ma’muriy sudi tomonidan sayyor sudlar bo‘lib o‘tdi. Sayyor sud jarayonida tuman ma’muriy sudi sudiyalari tomonidan jami 199 ta ish ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, shulardan 71 ta haydovchilar tegishli hulosalar chiqarganliklari va faoliyatlarini qonuniylashtirib, litsenziya varaqalari olganliklari sababli javobgarlikdan ozod etildilar.

Ommaviy axborot vositalarida yoritib borish maqsadida Olmazor tuman ma’muriy sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sud jarayoni O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi muxbirlari tomonidan “Toshkent” kanali “Vaqt” informatsion dasturida namoyish etish uchun sur’atga olindi.

Ma’lumot uchun, oktyabr oyida boshqarma inspektorlari tomonidan bayonnomalar rasmiylashtirilgandan so‘ng 251 ta huquqbuzarlar faoliyatlarini qonuniylashtirib, litsenziya varaqalari oldilar.

Bu kabi qonunbuzarliklarni oldini olish, qonun hujjatlariga amal qilish yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida Agentlik Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan joylarda tumanlar kesimida muntazam ravishda sayyor yig‘ilishlar o‘tkazilib kelinmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech