Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Dekabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil taransporti agentligi Axborot xizmati 208

26-dekabr kuni “O’zavtotrans” agentligi binosida “Ogohlik, ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanishning ma’naviy asoslari” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Agentlik rahbariyati va xodimlari, O’zbekiston DXX mas’ul xodimi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Anvar Bo‘ronov ishtirok etdi.

IMG.jpg

Tadbirni Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari ochib, mavzu yuzasidan qisqacha ma’ruza qilar ekan jumladan “Ogoh bo‘lish bugunning dolzarb vazifasidir. Barcha islohotlarni, ayniqsa mamlakatimiz ravnaqiga to‘siq bo‘layotgan jirkanch korruptsiya degan illatdan ogoh bo‘laylik. Korruptsiyaga aloqador odam qonunni buzishidan tashqari, o‘zining kimligini, e’tiqodi, ma’naviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obro‘sini to‘kadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obro‘ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo‘yadi” – deya, o‘z so‘zini yakunladi X.Xalmatov.

So‘ngra bugungi tadbirning asosiy mavzusi bo‘yicha maruza qilish uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Anvar Bo‘ronovga so‘z berdi.

6181.jpg

A.Bo‘ronov mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzasini boshlar ekan jumladan shunday deydi - “Bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga yetdiki, endi mafkuraviy kurash, ma’naviy salohiyat yetakchi o‘ringa chiqdi. Endi qurol-yaroqlar emas, balki «fikrga qarshi faqat fikr, g‘oyaga qarshi faqat g‘oya» bilan kurashib olg‘a borish mumkin. Kimning mafkurasi, milliy g‘oyasi kuchli bo‘lsa, o‘sha yengib chiqadi. Mafkuraviy kurash bir jamiyat, mamlakat ichida ham, xalqaro va davlatlararo miqyosda ham davom etmoqda. Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar tobora keskinlashib bormoqda. Muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tizimni zaiflashtirish va buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi mafkuraviy tajovuzlar keskinlashmoqda. Bunday tajovuzga qo‘l urayotgan yovuz kuchlar o‘z jirkanch maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud bo‘lgan ijtimoiy iqtisodiy qiyinchiliklaridan, shuningdek, zamonaviy texnika, telekommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladilar. Bugungi kunda ularning aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan g‘oya bilan egallashlari ya’ni buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, axloqsizlik g‘oyalarini singdirish kabi g‘arazli maqsadlari xalqqa ayon bo‘lib bormoqda”.

Tahdidlar turli-tuman: ichki va tashqi, katta va kichik, makon nuqtai nazaridan esa uzoq va yaqin bo‘lishi mumkin. Qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularga nisbatan bamaylixotirlikka yo‘l qo‘yish yoki ularni “saralash” bilan ovora bo‘lib vaqtni boy berish hollari uchrab turadi. XX asr voqealari shundan guvohlik berib turibdiki, tahdidlarni toifalashda ularni shartli ravishda iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ekologik, demografik, mafkuraviy, harbiy, tabiiy – iqlimiy va ma’naviy tahdidlarga ajratib ko‘rish va tahlil etish mumkin.

Yangi jamiyat barpo etish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda turli mazmunda, turli maqsadda, turli shaklda munosabatlar paydo bo‘ladi.. O’zbekiston uchun ham shunday rang-barang munosabatlar davom etmoqda. Ayniqsa, chetdan turib ongli va maqsadli ravishda uyushtirilayotgan ma’naviy tahdidlar bunday munosabatlarning asosini tashkil qilmoqda. Bugungi kunda ma’naviy tahdidlar bir necha xil ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, ma’naviy tahdidlar tili, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar har bir insonga qaratilgan. Bundan maqsad, birinchidan, shaxsning ma’naviy axloqiy olamini buzish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan yovuzlik fikrini uyg‘otish; uchinchidan, milliy axloqiy qadriyatlarni aynitish; to‘rtinchidan, o‘zgalar jamiyatini ideal deb bilish ko‘nikmasini hosil qilish; beshinchidan, zararli odatlarga xuruj qo‘yish. Diqqat qilsak ma’naviy tahdidlarning barcha turi nosog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liqligiga va u mafkuraviy nuqtai nazardan eng xavfli omil ekanligiga amin bo‘lamiz. Chunki uning negizini shaxs tarbiyasini izdan chiqarishga qaratilgan zararli g‘oya tashkil etadi.

Ma’ruza mavzu yuzasidan savol-javob va qizg‘in munozaralarga ulanib, yig‘ilganlar juda zarur ijtimoiy-huquqiy bilimlarga ega bo‘ldilar.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech