Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 Avgust 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 676

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy boshqarmalariga avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat sho‘basining 1-toifali inspektori vakant lavozimini egallash uchun tanlov e’lon qiladi:


Diqqat!!! Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

Boshqarma lavozimlariga tayinlanish uchun davlat tili va rus tilini mukammal egallagan, sog‘ligi bo‘yicha yaroqli va Malakaviy talablarga mos fuqarolar tanlovda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

ma’lumoti bo‘yicha:

texnik, iqtisodiy yoki yuridik sohalarda oliy (o‘rta-maxsus);

Tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

yozma ish (diktant);

individual-psixologik o‘rganish.

kasbiy vakolati bo‘yicha:

tashabbuskorlik, hushmuomalalik, aql-mulohaza bilan ish yuritish, tashkilotchilik, ahloqiylik, korruptsiyaga nisbatan murosasizlik;

Tanlovda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

a) Namunaviy shakl bo‘yicha shaxsiy ariza;

b) pasport nusxasi (asli tanlovga kelgan vaqtda taqdim etiladi);

v) mehnat daftarchasi nusxasi (birinchi marta ishga qabul qilinayotganlar bundan mustasno);

g) ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

d) tibbiy muassasa tomonidan sog‘ligi to‘g‘risida berilgan №086-U shakldagi ma’lumotnoma;

e) narkologik, teri va venerologik kasalliklar, shuningdek ruhiy va asab kasalliklari dispanserlari tomonidan berilgan sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar;

j) Malakaviy talablarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda o‘z qo‘li bilan to‘ldirilgan va imzolangan anketa, unga ilova qilingan 3x4 o‘lchamdagi
4 dona rasm.

Ishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish tartibi O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (bundan buyon matnda – Agentlik deb yuritiladi) tomonidan o‘rnatiladi.

Ishga qabul qilinayotgan shaxslar lavozimga uch oygacha sinov muddati bilan mehnat shartnomasiga muvofiq tayinlanadi.

Barcha toifadagi xodimlarga:

o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki bajarmaslik uchun begona shaxslardan mukofot yoki xizmatlar qabul qilish;

qarindoshlar, tanishlar va boshqa shaxslar iltimosi bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishiga e’tiborsizlik bilan qarash;

Agentlikni obro‘sizlantirishi mumkin bo‘lgan shaxslar bilan aloqada bo‘lish;

Agentlikka tegishli moddiy-texnik va axborot ta’minoti vositalarini, moliya vositalari va boshqa mulklardan, lavozim vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shuningdek xizmatga oid ma’lumotlardan boshqa maqsadlarda foydalanish qat’iyan ta’qiqlanadi.


O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining Avtomobillarda tushuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat sho‘balarida lavozimni egallash uchun nomzodlar tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasining 2017-yil sentabr oyida tanlov o‘tkazish

JADVALI

T/r

Hududlar

Konkurs tanlov o‘tkazish sanasi

Konkurs tanlov o‘tkazish joyi va telefon raqamlari

1

Namangan viloyati

5-sentabr

Namangan shahri, Nodim Nomongoniy ko‘chasi, 20-uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi binosi 

Ma’lumot uchun telefonlar (0369)227-83-54,227-77-44 

www.autotrans.uz.

2

Farg‘ona viloyati

6-sentabr

Farg‘ona shahri, Registon ko‘chasi, 5-uy O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0373) 226-35-85, www.autotrans.uz.

3

Andijon viloyati

7-sentabr

Andijon shahri, Amir Temur ko‘chasi, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0374) 298-06-52, 298-06-53 

www.autotrans.uz.

4

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

12-sentabr

Nukus shahri, A.Tatibaev ko‘chasi, 5 uy O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Nukus shahri hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0361) 222-64-14, 222-47-77 

www.autotrans.uz.

5

Xorazm viloyati

13-sentabr

Urganch shahri, Yoshlik ko‘chasi, 1-uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi binosi. Mo‘ljal: Avtovokzal shox bekati 

Ma’lumot uchun telefonlar (0862) 224-70-89, www.autotrans.uz.

6

Buxoro viloyati

14-sentabr

Buxoro shahri, Oq machit ko‘chasi, 1-uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0369) 227-83-54, 227-77-44 

www.autotrans.uz.

7

Surxondaryo viloyati

19-sentabr

Termez shahri, Taraqqiyot ko‘chasi, 42A-uy O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi binosi 

Ma’lumot uchun telefonlar (0376)223-21-71

8

Qashqadaryo viloyati

20-sentabr

Qarshi shahri, G’uzor ko‘chasi, 12 uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0375) 221-14-68

www.autotrans.uz.

9

Samarqand viloyati

21-sentabr

Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 69 uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0366) 233-31-38, 233-75-11

10

Sirdaryo viloyati

26-sentabr

Guliston shahri, Navoiy shox ko‘chasi, 64-uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0367)225-24-26

www.autotrans.uz.

11

Jizzax viloyati

27-sentabr

Jizzax shahri, Toshkent ko‘chasi, 1-A uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0372) 223-28-44, www.autotrans.uz.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech