Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Oktabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 42

Toshkent shahri, Mirobod tumanida joylashgan «Arzon Logistics» mas’uliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda avtomobil transportida yuklarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lib, aholiga sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatib kelayotgan korxonalardan biridir.

Korxona ish ko‘lamini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida har biri 167 mln. 30 ming so‘m narxga ega 3 dona yangi ГБА СПГ ГАЗ 3302021269 rusumli yuk avtomobillarini “Master Leasing” MChJ bilan tuzilgan lizing shartnomasi asosida sotib oldi.

2017-yilda ishlab chiqarilgan ГБА СПГ ГАЗ 3302021269 rusumli yuk avtomobillari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida joylashgan “Горковский автомобильный завод”ida ishlab chiqariladi. Ushbu yuk furgon avtomobillari 1,5 tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga va 107 ot kuchiga ega.

Korxona ushbu yuk avtomobillarni xarid qilish bilan birga yangi 2 ta ish o‘rni yaratib, malakali haydovchilarni ish bilan ta’minladi. Shuningdek, ushbu xarid natijasida korxonadagi yuk avtomobillar soni 5 taga yetdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech