Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Dekabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil taransporti agentligi Axborot xizmati 205

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-sonli qaroriga muvofiq Xiva shahri P.Qoriy ko‘chasi hududidan 0.8 ga. Yer maydoni 25 raqam bilan belgilangan avtostantsiya qurilishi uchun yer ajratib berishga Xiva tuman hokimining 2017-yil 10-mayda 1528-sonli qarori imzolangan edi.

Mazkur avtostantsiyani qurib ishga tushirish bo‘yicha Tarmoq jadvali ishlab chiqilib, oldingi viloyat hokimi P.R.Bobojanov tomonidan 2017-yilning 19-yanvar kuni tasdiqlangan.

2019-yilda qurishi rejalashtirilayotgan Xiva shahridagi "XORAZM FORD" MChJga Xiva shahri P.Qoriy ko‘chasi hududidan 0.8 ga. yer maydoni 25-raqam bilan belgilangan avtostantsiya qurilishi uchun joy ajratib berilib, tashabbuskor tomonidan avtostantsiyaning na’munaviy loyihasi yer maydoniga moslashtirish va APZ-1, APZ-2 hujjatlari asosida tayyorlanib tuman arxitekturasi bilan kelishilgan holda proektlarni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda avtostantsiya o‘rnida tuproq tashlash va tekislash ishlari boshlab yuborildi.

Ma’lumot uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida 2019-yilda Xiva shahrida yo‘lovchi avtotransportlari uchun avtostansiya qurilishi yuzasidan prezentatsiyalar taqdim etilgan edi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech