Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Noyabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 58

Andijon viloyati, Bo‘z tumanida Bo‘z avtostansiyasi rekonstruksiya qilinib, xalq xizmatiga topshirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi «Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3589-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra avtostantsiya 2019-yilda rekonstruktsiya qilinishi belgilangan edi. Biroq «O’zavtotrans» agentligi viloyat boshqarmasi va «Bo‘z tuman boshbekati» MChJ tashabbusi bilan to‘liq ta’mirlash ishlari 2018-yildayoq yakunlandi.

Rekonstruksiyaga «Bo‘z tuman boshbekati» MChJ tomonidan 150 mln so‘m mablag‘ sarflangan. Jumladan, hududni asfalt qilishga 65 mln, bino-inshootlar ta’miriga 21 mln, tashqi fasadlar qoplamalariga 15 mln xarj qilindi.

Avtostansiyada yo‘lovchilar uchun alohida kutish joyi, onalar va bolalar xonasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari mavjud. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham maxsus qulayliklar yaratilgan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech