Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Dekabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil taransporti agentligi Axborot xizmati 282

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosi doirasida 2018-yilda Buxoro viloyatidagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlar tomonidan 16 ta «Isuzu» va 14 ta «Yutong», «Golden Dragon» avtobuslari xarid qilindi. Yil yakuniga qadar yana 5 ta «Isuzu» va 5 ta «Yutong» avtobuslari olib kelinadi.

Mazkur chora-tadbirlar Buxoro shahri ichidagi yo‘nalishlarda transport xizmatini yaxshilash, shuningdek, yangi yo‘nalishlarni ochishga imkon bermoqda.

Shaharlararo va shahar atrofi yo‘nalishlarida qatnaydigan yengil taksi va avtobuslar harakati «Buxoro» avtoshohbekati orqali amalga oshirilayotgani ko‘pchilikka ma’qul bo‘lmoqda. Bu yerdan Toshkent, Samarqand, Navoiy viloyatlari hamda viloyat tumanlariga borish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, 2018-yilda Buxoro shahrida 54 ta yangi zamonaviy oraliq bekatlari qurilib, yana 30 tasi zamon talablariga moslab rekonstruktsiya qilindi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech